Landshaft
Landshaft – tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, reylefi, iqlimi, tuproqlari, o`simlik turkumlari, hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaralarga ega bo`lgan hudud. Landshaftshunoslikda landshaftning uch xil talqini mavjud: 1) regional tushunchada landshaftning yer yuzasining tabiiy chegaralangan, uncha katta bo`lmagan qismi. Bu fikrni dastlab L.S.Berg taklif etgan. L.S.Berg fikricha, landshaft geografiyaning asosiy birligi, o`rganish ob’ekti; 2) Landshaft tipologik tushunchalarni umumlashtiruvchi tushuncha. Masalan, tog`-o`rmon qo`ng`ir tuproqlaridagi bo`tazor – siyrak o`rmonlar landshafti; 3) Landshaft umumiy tushuncha. Masalan, o`rmon landshafti, cho`l landshafti, botqoq landshafti.