Mantiya

Mantiya, Yer mantiyasi – yer po`sti bilan o`zagi (yadrosi) orasida joylashgan qatlam. Qalinligi 2865 km – yer yuzasidan taxminan 35 km dan boshlanib 2900 km chuqurlikkacha davom etadi. Mantiyada moddaning zichligi 3,3 g/sm.kub dan (yuqori qatlamlarda) 5,7 g/s,.kub gacha (yadro bilan chegaradosh zonada). Mantiyaning kimyoviy tarkibi – tosh meteoritlar va ultra asosli otqindi tog` jinslari (periododit, dunit) tarkibiga yaqin deb hisoblanadi. Ayrim suyuq magma uchoqlarini hisobga olmaganda, mantiyada modda qattiq holatdadir.