Meteorlar, uchar yulduzlar

Meteorlar, uchar yulduzlar – kosmik fazodan qattiq jismlarning tezlik bilan kirib kelishi natijasida atmosferaning yuqori qatlamida (80-130 km balandda) ko`rinadigan yorug`lik hodisalari. Jismlar yer atmosferasiga kirib kelgach, 2000-3000° gacha qizib yonadi, sirti bug`a aylanib nur sochadi. Shar shaklidagi olovga o`xshab, guldirab ovoz chiqarib uchadigan meteorlar bolidlar deyiladi.