Javzo

Javzo (arabcha javzo – egizak) – 1) Zodiak zonasidagi yulduzlar turkumi; 2) Quyosh (Shamsiya) yil hisobining uchinchi oyi, 22-maydan 21-iyungacha davom etadi. Bu vaqtda Quyosh Javzo yulduzlar turkumidan o`tadi. Javzo yozning birinchi oyi. Bu oyda O`rta Osiyoda arpa pishadi.