Ob-havo
Ob-havo atmosferaning (havoning) muayyan bir vaqtdagi holati. Vaqt va masofada tez o`zgarib turadi. Ob-havo ma’lum bir vaqtning o`zida bir-biri bilan uyg`un meteorologik elementlar majmui bilan ifodalanadi (havo harorati, namligi, shamol, bulutlar, yog`in, havo bosimi, tiniqligi va h.k.). Ob-havo o`zgarishi deganda mana shu elementlarning o`zgarishi tushuniladi. Ob-havo davriy (kecha bilan kunduz), fasliy hamda nodavriy ravishda (siklon o`tishi, turli havo massalarining kelishi, antitsiklon turishi oqibatida) o`zgarib turadi. Ob-havo – troposferaning biror joydagi, biror vaqtdagi fizik holatiga (harorat, bosim, namlik, yog`in, bulutlilik, shamollar, tiniqlilik darajasiga) aytiladi.