Olam
Olam – bizni o`rab olgan, vaqt va fazoda cheksiz dunyo. Undagi harakatda bo`lgan materiya shakllari nihoyasiz. Olam kichigi kattasining tarkibiy qismi hisoblangan sistemalardan tashkil topgan. Eng kichik sistema Yer-Oy sistemasidir. U Quyosh sistemasiga kiradi. Quyosh sistemasi 100 mlrd. dan ortiq yulduzni o`z ichiga olgan sistema bo`lgan Galaktikaga kiradi. Hozirgi vaqtda juda ko`plab galaktikalar borligi, ular ham ma’lum sistemani – metagalaktikani tashkil etishi aniqlangan. Ba’zi galaktikalar bizdan 15 mlrd. yorug`lik yiliga teng masofada ekanligi ma’lum bo`ldi. 1 yorug`lik yili yorug`likning bir yilda bosib o`tgan yo`liga teng, yorug`lik bir sekundda 300 000 km yo`l bosadi.
O‘xshash so‘zlar
- Olamiy ruh
- Olam qutblari
- Olamushuk adiri
- Olamoy ismi haqida bilasizmi?
- Olamning geosentrik sistemasi
- Olamgir ismi haqida bilasizmi?
- Olatov
- Olchin





