Meteorologiya
Meteorologiya (yunoncha meteora – osmondagi hodisa, logos – fan) – atmosferada ro`y beradigan hodisalarni: havoning isishi va sovishini, tuman paydo bo`lishi, yog`in yog`ishi, havoning harakati, atmosferadagi elektrik, optik va akustik hodisalarni va boshqalarni o`rganadigan fan. Bu hodisalarning hammasi Quyoshdan Yerga keladigan issiqlik bilan bog`liqdir. Meteorologiya ob-havoni o`rganish bilan birga uni oldindan aytib ham beradi. Bunda meteorologiyaga meteorologik stansiyalar katta yordam beradi. Meteorologiya iqlimshunoslik bilan chambarchas bog`liq.