Mineral

Mineral (lotincha minera – ruda so`zidan) – kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga ko`ra taxminan bir xil bo`lgan tabiiy jismlar. Yer po`stida sodir bo`ladigan fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo`ladi. Mineral tog` jinslari, rudalar va boshqalar mineral jismlar tarkibida bo`ladi. Hozir minerallarning 3 mingga yaqin turi ma’lum. Yer po`stidagi tog` jinslari va rudalar minerallardan tarkib topgan. Minerallar ko`pincha kristallardan iborat bo`ladi. Suyuq (suv, simob) va gazsimon minerallar ham bor.