Olmos

Olmos – eng qattiq mineral. Kristalli sof uglerod, rangsiz; havo rang, ko`k sariq, qo`ng`ir va qora ranglari ham uchraydi. Qirra berib sayqallangan olmos brilliant deyiladi. Olmos tog` jinslarini burg`ilashda, metall kesish va oyna silliqlashda, tosh va metallarni o`yib gul solishda va boshqa texnik maqsadlarda ishlatiladi. Brilliant zebu-ziynat buyumlari bo`lib xizmat qiladi. Eng yirik konlari Janubiy, Markaziy va G`arbiy Afrika va Yakutiya. Hozirgi vaqtda tabiiy olmosdan qolishmaydigan sun’iy olmos ishlanmoqda.