Uran rudalari
Uran rudalari – tarkibida ajratib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq miqdorda uran bo`lgan mineral birikmalar. Tabiatda 100 dan ortiq uranli mineral ma’lum, shulardan 12 tasi amaliy ahamiyatga ega. Bulardan eng muhimi – uraninit. Konlari: AQSh, Kanada, JAR, Xitoy, Avstraliya va Fransiya.