ALOQA LINIYASI
ALOQA LINIYASI (yo’llari) signallarni uzatkichdan qabul qilgichga tarqatuvchi texnik qurilmalar va fizik muhitlar yig’indisi. Aloqa kanalining tarkibiy qismi. Ko’p kanalli aloqa tizimida ixchamlashtiriladi va bir vaqtning o’zida ko’p kanalga taalluqli bo’ladi. Ba’zan, aloqa kanali tarkibiga bir necha Aloqa liniyasi ulanadi. Ma’lumotlarni uzatishda foydalaniladigan signallarning tarziga ko’ra, elektr, tovush (akustik) va optik Aloqa liniyasiga bo’linadi. Mustahkam va sifatli aloqa o’rnatish uchun simli Aloqa liniyasi quriladi. Harakatlanuvchi ob’yektlar, boshqa sayyoralar va Kosmos bilan aloqa o’rnatishda simsiz Aloqa liniyasidan foydalaniladi.