ALTMISH
ALTMISH (turkiycha) — o’rta asrlarda turkiy xalqlarda dushman qismlari joylashgan manzillarni aniqlash bilan shug’ullanuvchi ayg’oqchi guruh (razvedka). Muhammad Ya’qub Chingiyning “Kelurnoma”, Shayx Sulaymon Buxoriyning “Lug’ati Chig’atoy va turki Usmoniy” (19- asr) asarlarida qayd etilgan.