Morenali landshaft

Morenali landshaft – yuzasini muzlik otqiziqlari qoplab yotgan yerlar. Morenali landshaftda xilma-xil ayrim va qator tepalar (qadimgi morena qoldiqlari), ular orasida ko`pincha ko`l yoki botqoqlik bilan band chuqurliklar, katta-kichik valunlar ko`p bo`ladi.