ALBERTI
ALBERTI (Alberti) Leon Battista (1404.18.11, Genuya – 1472.25.4, Rim) —italyan olimi, me’mor, yozuvchi va musiqashunos. Uyg’onish davrida yashab ijod etgan. Paduya va Bolonyada ta’lim olgan. Rim va Florentsiyada yashab ijod etgan. Italyan tilida “Haykal haqida”, “Rassomlik haqida”, lotin tilida “Me’morlik haqida” chop etilgan nazariy risolalarida ilg’or ilm yutuqlarini zamonaviy san’at bilan boyitib, umumlashtirgan, “Oila haqida”gi axloqiy risolasida har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni talqin qilgan. Me’morlikda qadimgi badiiy merosdan foydalanib, bino bosh tarzini yunon me’morligiga xos uslubda ravoklari keng, serhasham, yangi shakllarini yaratgan: Florentsiyadagi Ruchellai pallasso saroyi, 1446— 51; Santa-Mariya novella, 1456-70; Riminidagi San Franchesko, 1447— 68; Mantuyadagi Sant-Andrea (1472— 94) cherkovlari va boshqalar.