AN’ANAVIY LEGITIMLIK

AN’ANAVIY LEGITIMLIK — o’rta asr davlat boshqaruviga xos tushuncha. Xalq hukmdorni va uning hokimiyatini mavjud an‘analardan kelib chiqqan holda qabul etgan. Misol uchun, o’z vaqtida podshohlikning otadan farzandga yoki keyingi avlodga o’tishi tamoyili mavjud bo’lgan va bu merosxo’rlik an‘anasiga ko’ra amalga oshirilgan. Xalq esa, buni qonuniyatli jarayon sifatida qabul qilganligi tufayli hokimiyatni legitim hisoblagan. Keyingi ikki yuz-yil davomida ro’y bergan texnologik taraqqiyot natijasida, jamiyatni boshqarishda asosiy rol o’ynab kelgan an‘anaviy turmush tarzi o’zgarishi tufayli siyosiy hokimiyatning An’anaviy legitmlik o’rniga mafkuraviy legitimlik vujudga keldi. Hozirgi kunda ham Fransiyada taxt qonuniy vorislari, tarafdorlarini legitimistlar, deb atashadi. Bu turdagi legitimlik barcha jamiyatlarda uchraydi. Xususan, Amir Temurning xonlik mavqeini egallashi tarixi — buning yorqin dalilidir.