ALKLED
ALKLED (alyuminiy va inglizcha clag — qoplangan) — ikki tomonidan qalinligiga nisbatan 2-10 foizgacha toza alyuminiy yoki boshqa alyuminiy krtishmasi qatlami qoplangan (plakirovkalangan), mustahkam alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan yarim fabrikat (chala mahsulot — list, quvur va boshqalar). Elektr-kimyoviy jihatdan zanglash (korroziya)dan himoyalangan bo’ladi.