ALNI QOTISHMALAR
ALNI QOTISHMALAR – temir-alyuminiy—nikel tizimidagi qotishmalar. Magnit xossalari g’oyat yuqori. Alni qotishmalar tarkibida 9-15,5% alyuminiy (Al), 18-24,5% nikel (Ni), qolgani temir (Fe) bo’ladi. Alni qotishmalar magnit jihatdan qattiq qotishmalar jumlasiga kiradi. Yuqori quvvatli ixcham magnitlar tayyorlanadi.