BO’LIB TASHLA VA HUKUMRONLIK QIL

BO’LIB TASHLA VA HUKUMRONLIK QIL — qadimgi Rim imperiyasi davridan boshlab olib borilayotgan siyosat. Bu atamaning mazmuni imperiya sarkardalari tomonidan egallab olingan hududlarni tobelikda saqlash boshqarishni anglatadi. Keyinchalik imperialistik davlatlar (Angliya, Fransiya, Ispaniya, Rossiya, Portugaliya, Niderlandiya) o’z hukmronligini saqlab turish uchun ―Bo’lib tashla va hukumronlik qil siyosatini qo’llagan va asosiy quroli bo’lgan. Bo’lib tashla va hukumronlik qil – g’arazli geosiyosiy va geostrategik maqsadlarga erishishda qo’llanadigan usul va tamoyillardan biri. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy yo’li biron-bir mintaqa yoki mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarishdir. Bunda birinchidan, muayyan shaklda mavjud bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni bo’rttirib ko’rsatish orqali aholining mavjud holatdan noroziligini uyg’otish, ikkinchidan, o’z nog’orasiga o’ynaydigan muxolifatchi kuchlarni yuzaga keltirish yo’li bilan siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarish, uchinchidan, ―mamlakatda so’z, matbuot, siyosiy erkinliklar yo’q qabilidagi tuhmatdan iborat mafkuraviy tazyiq o’tkazish usullari qo’llanadi.