DIPLOMATIK NOTA

Ma’nosi

DIPLOMATIK NOTA — diplomatik yozishmaga oid hujjatning bir turi. Verbal va shaxsiy Diplomatik notalarga bo‗linadi. Diplomatik tajribada ko’proq verbalnota qo’llaniladi. Shaxsiy Diplomatik nota muhim, jiddiy muammolarga bag’ishlanadi yoki biron-bir voqea to’g’risida rasmiy axborot tarzida yuboriladi. Diplomatik nota diplomatik protokol talablariga binoan yoki shaxsiy Diplomatik notaga javob tariqasida ham yo’llanadi, u imzo chekuvchi nomidan birinchi shaxs fe‘lida tuzilgan xat shaklida nota blankasiga bosilib, manzil ko‗rsatiladi, ammo muhr bosilmaydi. Xalqaro diplomatik amaliyotda Diplomatik notalar ayirboshlash xalqaro shartnomalar tuzishning shakllaridan biri sanaladi.

O‘xshash so‘zlar

D harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar