DINIY UYUSHMALAR

DINIY UYUSHMALAR — jamiyatning kuchli va ta‘sirchan tashkilotlaridan hisoblanadi. Sababi, dunyoda tinchlikni saqlash, kishilarni tarbiyalash, ular o‗rtasida umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish yo’lida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlari kattadir. Diniy uyushmalar ham boshqa jamiyat tashkilotlari singari inson va jamiyatni to’g’ri yo’lga, tinch — totuvlikka, oliyjanoblikka, hamkorlik va hamjihatlikka chaqirmoqda. Ular ham o’g’irlik, bosqinchilik, talonchilikni, zo’ravonlikni, adolatsizlikni qoralaydilar. Bu tashkilotlar ham umidsiz dillarga taskin va yupanch bagishlaydilar, umidbaxsh a‘mol sifatida singan ko’ngillarni ko’tara oladilar. Ayni paytda dinni niqob qilib olib undan g’arazli maqsadlarda foydalanuvchi, jamiyatdagi hamjihatlik, davlalararo, millatlararo va dinlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlikka tahdid soluvchi diniy ekstremistik uyushmalar ham yo’q emas. Ularning ko’rinishlari ham xilma – xildir. Bunga misol qilib: musulmon mamlakatlardagi «musulmon birodarlarini»; «toliblar harakati»; «vahobiylar harakatini» ko’rsatish mumkin. Bu ekstremistik tashkilotlar va xarakatlarnining maqsadi, ular boshlagan jaholatparastlik faoliyati qanday oqibatga olib kelishi jahon jamoatchiligiga taboro ko’proq ayon bo’lmoqda.