DAVLAT APPARATI

DAVLAT APPARATI — davlat mexanizmining bir qismi bo’lib, davlat organlarining yig’indisi. 1) davlat hokimiyati institutining tarkibiy qismi bo’lib, uning qarorlarini tayyorlash va amalga oshirish bilan shug’ullanadi. 2) davlat boshqaruvining barcha bosqichlaridagi xizmat sohasini amalga oshiruvchi muassasa, tashkilot va ularning xizmatchilari majmui. Davlat apparti davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun hokimiyat vakolatiga ega.