ALYUMINIY RUDALARI

ALYUMINIY RUDALARI – alyuminiy olinadigan rudalar. Asosan boksitdan olinadi. Alyuminiy rudalariga, shuningdek nefelinli sienitlar (kompleks xom ashyo), alunitli, nefelin-apatitli jinslar va boshqalar kiritiladi. Alyuminiy rudalari konlari Rossiya Federatsiyasi (Arxangelsk viloyati, Ural, G’arbiy Sibir, Kola yarim oroli), Qozog’iston, Ukrainada (Azov bo’yida, Ukraina qalqoni, Zakarpate), Zakavkazeda bor. O’zbekistonda Alyuminiy rudalarining deyarli barcha turlari uchraydi. Angrenda kaolin va Gushsoyda alunit konlari bor.