DAVLAT ORGANI
DAVLAT ORGANI — davlat mexanizmining tarkibiy qismi bo’lib, u davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarning muayyan aniq qismini, yo’nalishini amalga oshiradi va shu maqsadda tegishli davlat-huquqiy vakolatlarga, zaruriy kompetensiyaga ega bo’ladi (masalan, boshqaruv organlari, sud va nazorat organlari, armiya). Davlat organi bitta mansabdor shaxsdan yoki muayyan yo’sinda tashkillashgan mansabdor shaxslar guruhidan iborat bo’lishi mumkin. Davlat organi subyektlariga ko’ra, shakllanish usuliga ko’ra, faoliyatini qamrab oluvchi hududiga ko’ra, kompetentlik xarakteriga, kompetensiyani amalga oshirish usuliga, qarorlar qabul qilishiga, mas‘ulligiga, faoliyatining yo’naltirilganligiga ko’ra tasnif etish mumkin.