ALYUMINIY QOTISHMALARI
ALYUMINIY QOTISHMALARI -asosiy qismi alyuminiydan iborat qotishmalar. Alyuminiy qotishmalar alyuminiyga Si, Si, Mg, Zn, Mn, Ni, Fe, Ti va boshqa element larni alohida-alohida yoki ma’lum kombinasiyada qo’shib suyuqlantirish yo’li bilan tayyorlanadi. Alyuminiy qotishmalariga legirlovchi elementlar sifatida Ni, Cr, sa va boshqalar, qotishma xossalarini yaxshilaydigan elementlar sifatida esa oz miqdorda Na, Be, Ti, Ce, Nb ham qo’shiladi. Bu elementlar fizik, kimyoviy va mexanik xossalari xilmaxil Alyuminiy qotishmalari hosil qilishga imkon beradi. Alyuminiy qotishmalari yengil bo’lishi bilan birga ancha puxta hamdir. Alyuminiy qotishmalari deformasiyalanadigan va qo’yiladigan qotishmalar guruhlariga bo’linadi. Deformasiyalanadigan Alyuminiy qotishmalari har xil yarim fabrikatlar va buyumlar tayyorlash, quyiladigan Alyuminiy qotishmalari esa xilmaxil detallar qo’yishda qo’llaniladi.