ALYUMOSILIKATLAR

ALYUMOSILIKATLAR – tarkibida alyuminiy va kremniyning kompleks anionlari bo’lgan silikatlarning umumiy nomi. Kompleks anionlarga [AlSiOJ, [AISi2O,J-, [AlSi4O10J-[Al2Si3O10]~2 va boshqalar kiradi. Alyumosilikatlar tabiatda keng tarkalgan, yer po’stining 50% ini tashkil etadi. Ularga dala shpatlari, masalan, ortoklaz K[AlSi3OJ, albit Na[AlSi3Og], anortit Ca[Al2SiOJ, va gilli minerallar; slyudalar (masalan, muskovit, biotit va boshqalar) kiradi. Tarkibida kristalizasion suv va — On guruhi bo’lmagan tabiiy Alyumosilikatlar qiyin suyuqlanuvchan, termik barqaror moddalardir. Barcha Alyumosilikatlar suvda erimaydi, ftor kislota, ishqor va ishqoriy metallar karbonatlari eritmalarida parchalanadi. Ba’zi Alyumosilikatlar tabiiy sharoitda karbonat angidrid va suv ta’sirida asta-sekin ta’sirlanishi natijasida kvars va boshqa minerallar hosil bo’ladi. Sintetik Alyumosilikatlar alyuminiy va kremniy oksidlariga metall oksidlarini gidrotermal usulda ta’sir ettirib olinadi. Ular keramik mahsulotlarning asosiy kristall fazalarini tashkil qiladi. Tabiiy Alyumosilikatlar shisha, sopol, tsement va boshqa ishlab chiqarishda; slyudalar — elektr va issiqlikni o’tkazmaydigan materiallar olishda; nefelin sof alyuminiy olishda, ayrim Alyumosilikatlar, masalan, tseolitlar xromatografiyada adsorbent, gazlarni tozalash, quritish va ajratishda, suvning qattiqligini kamaytirishda, katalizator va tarkibida katalizator bo’lgan xom ashyo sifatida ishlatiladi. Rustam Marupov.