AMADU

AMADU (Amado) Jorji (1912.10.8) — Braziliya yozuvchisi. “Karnaval mamlakati” (1931) nomli ilk romanida shahar ziyolilari va mulkdorlari hayotidagi salbiy hodisalarni hajv qilsa, “Kakao” (1931), “Ter” (1933) romanlarida batraklar va ishchilar hayoti hikoya qilinadi. “Jubiaba” (1935) romanida irqchilikka qarshi chiqadi. Amadu Braziliya xalqining erk va adolat uchun kurashini yorituvchi “Luis Karlos Prestes hayoti” asarini yaratdi (1942), “Cheksiz dalalar” (1943), “Oltin mevalar dalasi” (1944) romanlari Braziliya dehqonlari hayotiga bag’ishlangan. “Qizil kurtaklar” (1946) romanida realizm kuchli. “Keksa dengizchilar” (1961) nomli ikki kissasida Braziliya xalqining o’ziga xos xususiyati ko’rsatilgan. Amadu Lotin Amerikasi adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan. Uning asarlari dunyoning ko’pgina tillariga tarjima qilingan, yirik gumanist yozuvchi sifatida nom qozongan.