AMALTEYA

AMALTEYA — Yupiterning beshinchi yo’ldoshi. 1893 yilda Amerika olimi E. E. Bernard ochgan. Sayyoradan uzoqligi 181 ming kilometr; atrofidan taxminan har 12 soat (0,4982 sutka) da doiraviy orbita bo’ylab to’la aylanib chiqadi. Amalteya kattaligi jihatidan Yupiter yo’ldoshlari orasida 5-o’rinda turadi. Amalteya diametri 160 kilometr. O’rtacha oppozitsiya paytida 13-yulduz kattaligida ko’rish mumkin.