AMENXOTEP III

AMENXOTEP III — Misr fir’avni (miloddan avvalgi taxminan 1405-1367), 18-suloladan. Uning davrida qadimgi Misr o’z taraqqiyotining yuksak bosqichiga ko’tarilgan, Luqsorda Amonra ibodatxonasi va Amenxotep III Shning ulkan haykallari — “Memnon ustunlari” bilan bezalgan ibodatxona qurilgan. Amenxotep III keyingi ibodatxonaga dafn etilgan.