Ayg’oqchi
Ayg’oqchi-o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududlarida asosan harbiy atama sifatida qo’llanilgan bo’lib, qo’shinning ma’lumot olib keluvchi darakchilari hamda qo’shinning darakchi bo’limlari ma’nosida keng qo’llanilgan. Shuningdek, ushbu atamaning yolg’on gap yoyuvchi, ig’vo, tuhmat qilib kun ko’ruvchi shaxs ma’nosida ham qo’llanilgani ma’lum.