Ahamoniylar
Ahamoniylar-miloddan avvalgi 558-330 yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola. Ahamoniylar sulolasiga miloddan avvalgi VIII asrda Elam yaqinidagi Parsa hududida yashagan qadimgi … Read More
Ahamoniylar-miloddan avvalgi 558-330 yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola. Ahamoniylar sulolasiga miloddan avvalgi VIII asrda Elam yaqinidagi Parsa hududida yashagan qadimgi … Read More
Aqiqa-musulmonlarda yangi tug’ilgan bolaning “qorin sochi”ga qaychi urish munosabati bilan jonzot so’yib ziyofat o’tkazish odati. Unda bolaga ism ham qo’yiladi.
Aqsoi sharqiya-Uzoq Sharq degan ma’noni anglatadi.
Aqolimi sab’a-yetti iqlim degan ma’noni anglatadi. Sharq olimlarining ta’limotiga ko’ra, har bir iqlim yettita yulduz-Zuhal, Mushtariy, Mirrix, Quyosh, Zuhra, Atorud, … Read More
Aqida-dindorlar uchun majburiy hisoblangan, shak keltirilmasdan, muhokama yuritmasdan, e’tiqod qilinishi lozim bo’lgan diniy talablar. Islom aqidalarinin asosi “Qur’on”da berilgan.
Aqd-umuman shariatda qonunlashtirilgan shartnoma, ahdnoma. Juz’iy ma’noda nikoh aqdi nikoh oldidan to’lanadigan qalin yoki mahrni belgilaydigan ahdnoma.
A’lo hazrat-hazrati oliylari. Shohlar va xonlarning nomlarni ulug’lash maqsadida ularga murojaat qilinganda qo’llanilgan ibora.
A’lam-diniy va qozixona unvoni. Shariat ilmida yetuk bo’lgan olimlarga berilgan. A’lam madrasalarda ham dars berishlari shart bo’lgan.