Ahuramazda, hurmuzd

Ahuramazda, hurmuzd-juda qadim zamonlarda tasavvur etilgan ezgulik xudosi. Ahuramazda yorug’lik, obodonlik, salomatlik, tinchlik, farovonlik kabi barcha ezguliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi deb tushunilgan. Unga qarshi zulmat-qorong’ulik, ochlik, vabo, ayoz, jang, zaharli jonivorlar kabi barcha yovuzliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi Anxramaynu (keyinchalik o’zgargan shakli Ahriman) bo’lib, doimo Ahuramazda bilan kurashadi. Kurash Ahuramazdaning g’alabasi bilan tugaydi. Bu dualistic qarash zardushtiylik ta’limotining asosi “Avesto” uchun zamin bo’lgan. Uning keyingi davrlarda yozilgan sahifalarida Ahuramazda yakka, xudo darajasiga ko’tarilib, tavhid ta’limotining asosini tashkil etgan.