Paragangliylar

Paragangliylar (Yunoncha para… va gangliy) — umurtqali hayvonlar va odamning endokrin bezi. Asosan, Katexol-aminlarni ishlab chiqaradi, nerv sistemasining xemoreseptorlik vazifasini bajaruvchi qo’shimcha organi hisoblanadi. Eng kuchli Paragangliylar buyrak usti bezi mag’iz moddasidan, bel va aortadagi Paragangliylar sekretor xromaffin hujayralar, qo’shimcha hujayralar (qoplama tipdagi neyrogliyalar) va biriktiruvchi to’qimalardan tashkil topgan. Embriogenezda ular simpatik nerv sistemasi neyroblastlari bilan birga hosil bo’ladi va ko’chib o’tadi. Boshqa Paragangliylar — noxromaffinlar (asosan, parasimpatik nerv sistemasi tarmoklangan joylarda), jumladan, ko’z ichidagi Paragangliylar, o’pka, ko’mik, miya po’stlog’idagi Paragangliylar, karotidli Paragangliylar, tana va qo’l-oyoq nervlaridagi Paragangliylar hisoblanadi. Ular IX va X juft orqa miya nervining embrional asoslaridan hosil bo’ladi. Paragangliylar dastlab tuban umurtqali hayvonlarda paydo bo’lgan va, asosan, retseptorlik vazifasini bajargan. Filogenezda Paragangliylar asta-sekin endokrin organ sifatida shakllana boshlagan. Umurtqali hayvonlarda Paragangliylar tabaqalashgan: xromaffin hujayralarning tsitoplazmatik to’rlari tarkibida noradrenalin (noradrenositlar) yoki mayda fanulalarda ko’p miqdorda adrenalin (adrenositlar) bo’ladi; noxromaffin hujayralar Katexolamin bo’lmagan polipeptid gormonlarni sintezlaydi deb taxmin qilinadi. Ayrim Paragangliylar da (karotidli yurak usti gangliylari) kislorod yetishmasligini seza oladigan va unga javoban sekret ajrata oladigan xususiyat rivojlangan. Ko’pchilik Paragangliylar hujayra yoki qon tomiri devorlariga yopishib turadi yoki o’sha joyda hosil bo’ladi. Paragangliylar streesga qarshi organizm faoliyatini bir me’yorda ushlab turish uchun barcha sistemalarni faollashtirishdan iborat. Organizmda Paragangliylarning ishlab chiqarilishini xususiy va umumiy fiziologik reaktsiyalar nazorat qilib turadi.