Said ota masjidi

Said ota masjidi, Yormuhammad Devon masjidi —Xivadagi me’moriy yodgorlik (18-asr). Ichan qal’anshj Janubiy g’arbiy qismiga Yormuhammad Devon qurdirgan. Umumiy tarhi 8,95×13,5 metr, xonaqoh murabba tarx/sh (6,3×6,3 metr), gumbaz tomli, ayvoni oldi biroz turtib chiqqan. Ichki devoridagi ravoqlar xonani keng ko’rsatadi. Masjid bezaksiz, sirti ganch bilan suvalgan. Ayvon mehrobiga sirli o’yma parchinlar qoplangan. Yog’och o’ymakorligida ishlangan ustunlar diqqatga sazovor. 1983 yilda qayta ta’mirlangan.