Google Pay O’zbekistonda: qanday ishlaydi va qanday ulanadi?

2026-yil 27-oktyabrdan boshlab O’zbekiston aholisi smartfon va aqlli soat orqali Apple Pay va Google Pay bilan to’lov qila oladi. Google Pay xaridlarda bank kartasi o’rniga telefonni kontaktsiz terminalga tutish bilan to’lash imkonini beradi.

Google Pay nima?

Google Pay Android qurilmalarida bank kartasini chiqarmasdan to’lov qilish xizmati. Foydalanuvchilar bank kartalarini Google Wallet (Hamyon) ilovasiga qo’shadi va xaridlarni smartfon orqali amalga oshiradi. Xarid uchun pul alohida balansdan emas, ulangan bank kartasidan yechiladi, shuning uchun kartada yetarli mablag’ bo’lishi kerak.

O’zbekistonda qachon ishga tushdi?

  • Xizmat ishga tushirilayotgani 19-oktabr kuni Samarqandda o’tgan C5+1 formatidagi tadbirlar doirasidagi panel sessiyasida e’lon qilindi.
  • 27-oktabr kuni O’zbekistonda Google Pay va Apple Pay to’laqonli ishga tushirilgani e’lon qilindi.

Nega Google Pay O’zbekistonga kech kirgan edi?

Asosiy to’siqlardan biri shaxsiy ma’lumotlarni mamlakat ichidagi serverlarda saqlash talabi edi. 2026-yil 26-martda Prezident barcha shaxsiy ma’lumotlarni mamlakat ichidagi serverlarda saqlash talabini bekor qiluvchi qonunni imzoladi. Bu cheklov biometrik va genetik ma’lumotlar hamda telekommunikatsiya abonentlari ma’lumotlari uchun saqlanib qolgan.

Qaysi kartalar bilan ishlaydi?

  • Hozircha xizmatlar bir necha mahalliy bankning Visa va Mastercard kartalari bilan ishlaydi, milliy Uzcard va Humo tizimlari keyinroq ulanadi.
  • Google Pay to’qqizta mahalliy bankning kartalarini qo’llab-quvvatlaydi, lekin moslik bank va karta turiga bog’liq.
  • Markaziy bank Uzcard va Humo’ni ham ulash ustida ishlayotganini aytgan, lekin aniq sana e’lon qilinmagan.

Kartani Google Pay’ga qanday qo’shish mumkin?

  1. Google Play’dan Google Wallet ilovasini yuklab oling.
  2. Bildirishnomalarga ruxsat bering yoki rad eting.
  3. Asosiy ekranda “To’lov kartasini kiritish” tugmasini bosing.
  4. Karta ma’lumotlarini kiriting va bank tasdig’idan o’ting.

Ayrim banklarda, masalan Uzum Bank ilovasida, kartani to’g’ridan-to’g’ri Google Pay’ga ulash ham mumkin. kursiv

Qanday to’lanadi?

  1. Telefon ekranini oching.
  2. Telefonning orqa qismini kontaktsiz (NFC) terminalga yaqinlashtiring.
  3. To’lov muvaffaqiyatli o’tsa, tasdiq belgisi paydo bo’ladi. O’tmasa, telefonni terminalning boshqa tomoniga yaqinlashtirib ko’ring yoki bank bilan bog’laning.

Xavfsizlik va muhim eslatmalar

  • Telefonga ekran qulfi (PIN, barmoq izi yoki yuz) qo’ying.
  • Telefon yo’qolsa, tezda bankka murojaat qilib, kartani bloklang yoki Google’ning qurilmani topish xizmatidan foydalaning.
  • Cashback va boshqa imtiyozlar har bir bankning o’z shartlariga bog’liq.

Tez-tez beriladigan savollar

Google Pay O’zbekistonda ishlaydimi?
Ha, 2026-yil oktyabr oxiridan ishga tushgan.

Humo va Uzcard kartalarini ulash mumkinmi?
Hozircha ular ulangan kartalar ro’yxatida emas, ulanish rejalashtirilgan, lekin sanasi e’lon qilinmagan.

Google Pay uchun alohida hisob kerakmi?
Yo’q, pul ulangan bank kartasidan yechiladi.

Google Pay iPhone’da ishlaydimi?
Yo’q. iPhone uchun Apple Pay mavjud.

Shuningdek o’qing: Kuchli odam baland gapirmaydi. Nega?

O‘xshash so‘zlar

Bilasizmi?: barcha so‘zlar

Fikr bildirish