Grinvich meridiani nima?

Meridian — yer sirtining yer shari biron bir nuqtasi hamda yerning aylanish o’qi orqali o’tadigan tekislik bilan kesishuvidan tasavvur qilingan chiziqdir. Agarda sayyoramiz sirtiga meridianlar chiziqlarini tortib chiqsak, bo’laklarga ajratilgan apelsinni eslatadi. Meridianga qarab geografik uzunlik aniqlanadi. Shunday qilib, meridianlar qutblar orqali o’tadi va yer sharini 360 qismga — «bo’lakka» bo’ladi. Bo’laklarning har biri uzunlikning bir gradusiga to’g’ri keladi. Geografik uzunlik nol gradusdan — bosh meridian (Grinvich) dan boshlab hisoblanadi. 180 gradusdagi meridian kesib o’tilganda kun almashishi sodir bo’ladi. Bu tabiiy bo’lib, 180-gradus aslida yerning o’z o’qi atrofida aylanishining yarmi demakdir. Demak, ular orasidagi va Grinvich meridiani orasidagi farq 12 soatni tashkil etadi. Nol meridianida soat qoq peshinni ko’rsatsa, 180 — meridianda — yarim kecha bo’ladi. Nol gradusdan sharqqa tomon hisoblangani Sharqiy uzunlik, g’arbga tomon hisoblangani g’arbiy uzunlik deyiladi. Parij sharqiy uzunlikning 2, — gradusida joylashgan.