Baqqol
Baqqol-XX asrning birinchi chorgigacha O’rta Osiyodagi shahar va qishloq bozorlari va guzarlarda, o’z hovlisi yonidagi do’konlarida meva, sabzavot, dorivor, guruch, mosh kabi mahsulotlarni sotuvchi mayda savdogar. Xaridorlar o’z mahalla-guzarlaridan bo’lgani uchun baqqol ularga nasiyaga ham mahsulot beravergan.