KONFEDERATIV DAVLAT

KONFEDERATIV DAVLAT (lot. ittifoq, birlashma) — davlatlar ittifoqining muayyan murakkab shakli bo’lib, unda ittifoqqa kiruvchi davlatlar o’z suverenitetlarini to’la saqlab qoladilar. Konfederatsiya ham xalqaro huquqiy tashkilot, ham davlat tashkiloti xususiyatlariga ega. Hozirgi kunda dunyoda bittagina konfederatsiya – Yevropa Ittifoqi mavjud. Turli davrlarda quyidagilar konfederasiya shaklida bo’lgan: Avstriya- Vengriya (1918-yilgacha), Shvetsiya va Norvegiya (1905-yilgacha), AQSH (1781-1787), Shveytsariya (1815-1989). Tarixiy tajribaning ko’rsatishicha, konfederatsiya o’tish davrining yoki ittifoqning to’la barbod bo’lishi yoxud federativ (ittifoq) davlatga aylanishining shaklidir.