KOMPETENTLIK
KOMPETENTLIK (siyosiy faoliyatda) (lot. qobiliyati bor) — siyosiy rahbar, jamoat arbobi yoki hokimiyat organlarining muayyan sifatlari uyg’unligi. Bunday sifatlarga odamlarning siyosiy qiziqishlari, amal qilayotgan siyosiy vaziyatni keltirib chiqargan sabablarni bilish, siyosiy munosabatlar tizimi, siyosiy tashkilotlar o’zaro aloqadorligini tahlil qila olish, u yoki bu harakatlar oqibatini oldindan ko’ra olish kabilar kiradi.