MANIPULYATSIYA
MANIPULYATSIYA (lat. manipulus – qo’l harakati) — 1. Qo’l mashqi, qo’l harakati, shu jumladan qo’l mahoratiga tayangan fokus namoyish qilish. 2. Maxinatsiya, aldov, tovlamachilik, qalloblik. 3. Odamda ma‘lum motivatsion holatlar (shu bilan birgalikda hissiyotlar, attityudlar, stereotiplar) ta‘sirining faollashtirilishiga olib keladigan kommunikatsion ta‘sir. Manipulyatsiya psixologik ta‘sir o’tkazish usuli bo’lib, uning maqsadi – ularning o’ziga sezdirmagan holda odamlarning faolligining (psixik va boshqa) yo’naltirilganligini o’zgartirishdan iborat. Manipulyatsiya hukmronlikni qo’llashning, hukmronlikka ega bo’lgan subyekt boshqalarning xulq atvoriga ulardan kutilayotgan xulq-atvorning xarakterini ochmasdan turib ta‘sir ko’rsatishi sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Manipulyatsiyalashning uchta darajasi ajratiladi: birinchi daraja – odamlarning ongida amalda mavjud bo’lgan g’oyalar, qo’yilmalar, undovchi sabablar, qadr-qimmatlar, me‘yorlarni kuchaytirish; ikkinchi daraja u yoki bu voqea-hodisaga, jarayonga, faktga bo’lgan qarashlarning qisman, kichik o’zgarishlari bilan bog’lanadi, bu ham aniq voqelikka nisbatan bo’lgan emotsional va amaliy munosabatlarga o’z ta‘sirini o’tkazadi; uchinchi daraja – obyektga yangi, sensatsion, noodatiy, dramatik, kutilmagan o’ta muhim xabarlarni (ma‘lumotlarni) yetkazish yo’li bilan uning hayotiy qo’yilmalarini tubdan, kardinal (o’ta muhim darajada) o’zgartirishdan iborat bo’ladi. Manipulyatsiyaning oqibatlari ichki parokandalik, shaxs yaxlitligining buzilishi, shaxsga inqirozli ta‘sir xavflarini keltirib chiqaradi.