MODERNIZATSIYA

MODERNIZATSIYA (siyosiy modernizatsiya) (fr. moderne – eng yangi, zamonaviy) — biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq o’zgartirish. Eski tuzumda umuman mavjud bo’lmagan tuzulmaviy, differentsiyalashgan institutlar, mexanizmlar va ularning amal qilishi (plyuralistik partiyaviy va qonun chiqaruvchi tizim) ishlay boshlagan, an’anaviy, safarbarlikka moyil bo’lgan avtokratik tizimlarning demokratik ―kelishuvchan modelga o’tish davri bilan bog’liq bo’lgan xususiy hodisadir. Modernizatsiya siyosiyning asosiy jihatlari urbanizatsiya, industriallashtirish, sekulyarlashtirish, demokratlashtirish, ta’lim va OAVlarning roli tasodifiy tarzda bo’lmaydigan va bir-biri bilan aloqasiz namoyon bo’lmaydigan hodisalardir.