MUSTAQILLIK

MUSTAQILLIK — davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram bo’lmay faoliyat ko’rsatishi. Mustaqillik tamoyillariga rioya etish davlatlararo o’zaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish o’zaro tinch-totuv yashashning prinsiplaridan biridir. U BMT Ustavi va xalqaro shartnomalar va deklaratsiyalarda mustahkamlab qo‗yilgan. Unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy vazifasidir. Davlatning suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi mustaqilligini ham bildiradi. Mustaqillik davlatning faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham anglatadi.