MUSTAQILLIK MAYDONI

MUSTAQILLIK MAYDONI — Toshkentning Markaziy maydoni. Poy- taxt aholisining ommaviy tantanala- ri va b. tadbirlar o’tkaziladigan joy. O’zbekiston, Navoiy va Sharof Rashidov ko’chalari oralig’ida, Anhor kanali so- hilida joylashgan. Maydon perimetral tarzda qurilgan. 1917 y.gacha Sobor may- doni, 1917-66 y.larda qizil maydon, 1966-91 y.lar Lenin nomidagi may- don, O’zbekiston mustaqillikka erish- gach, 1992 y.dan M.m. deb atala boshlagan. M.m. hajmiy tuzilishi ja-n.dan shim.ga cho’zilgan ko’pyokli hududiy mujassamot- ni tashkil qiladi. Ansambl me’moriy uslub va ko’lami jihatidan yaxlit turli ma’muriy binolardan iborat. Bir necha marta rekonstruktsiya qilingan. Hukumat uyining dastlabki loyihasi (1931, me’- morlar V. Arxangelskiy, A. Petlina va A. Sidorov) o’rta asr mahobatli me’mo- riy shakl yo’nalishida (serustunli, ra- vokli, mayda gumbazli) bo’lgan. Keyincha- lik mumtoz va milliy me’moriy an’ana- lar o’zlashtirilgan holda order tizimi yo’nalishi amalga oshirilgan (me’morlar A. Boboxonov, V. Volchak, S. Polupanov) va zamonaviylik ruhi berilib qayta ish- langan (1946, 1954-65), xoz. kunda bu binolar o’rnida yangi bino barpo etili- shi loyixalashtirilmoqda. 1936 y.da V. I. Leninga xaykal o’rnatilgan. 1975 y. haykal qayta ish- langan. Toshkent zilzilasi (1966)dan keyin maydon tubdan qayta rekonstruk- tsiya qilingan (me’morlar S. Odilov, L. Adamov va b.). Cho’ziq suv xavzasiga ega bo’lgan baland terrasa va uning Pa- stidagi sharshara maidonni baland va past satxlarga ajratadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, Lenin qaykali olib tashlandi, o’rniga Mustaqillik obidasi (1992) o’rnatildi. Maydonda- gi ma’muriy binolar (O’zR Vazirlar Mahkamasi, fizkultura va sport dav- lat qo’mitasi, san’atshunoslik i.t. in- ti, 20 kavatli vazirliklar joylashgan bino va b.) erkin joylashtirilgan. 1999 yil 16 Fev. voqeasidan keyin M.m.dagi vayron bo’lgan ma’muriy binolar qayta qurilib, atrofi obodonlashtirildi. M.m.dagi ko’ndalang yo’lka Xotira maydoni (1998)ga olib boradi. Xotira maydonidagi yodgorlik mahalliy me’- morlik an’analari asosida ayvon va serhasham qator ustunli, devorlariga kitob sahifalari shaklida 1941-45 y.lar urushida halok bo’lgan o’zbek o’g’lonlarining ro’yxati berilgan. «Mo- tamsaro ona» haykali, urushda halok bo’lganlar xotirasiga o’rnatilgan man-gu olov yonib turibdi. M.m. yaqinida, «Mustaqillik maydoni» metro st-yasi va b. joy- lashgan. Turli daraxt va gullar b-n ko’kalamzorlashtirilgan.