MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO’STLIGI IQTISODIY ITTIFOQI

MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO’STLIGI IQTISODIY ITTIFOQI — SSSRdan ajralib chiqqan davlatlarning iqtisodiy Ittifoqi. Iqtisodiy ittifoq to’g’risidagi shar- tnomaga ko’ra 1993 y.da tashkil etilgan. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchini erkin ko’chib yurishini, o’zaro ke- lishilgan pul-kredit, byudjet, soliq, narx, tashqi iqtisodiy faoliyat, bojxo- na, valyuta siyosatini olib borish, umu- miy statistika bazasiga amal qilish va b.ni nazarda tutadi. Ittifoqning maqsadlari: MDH do- irasida xalqaro majburiyatlarga qatiy rioya qilish; aholining turmush dara- jasini ko’tarishda a’zo davlatlarning manfaatlariga mos ravishda barqaror iqtisodiy rivojlanish sharoitlarini yaratish; bozor munosabatlari negizi- da bosqichma-bosqich umumiy iqtisodiy makonni barpo etish; xo’jalik yurituv- chi sub’ektlar, tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar va ka-folatlar yaratish; umumiy manfaatli bo’lgan iqtisodiy loyihalarni hamkorlikda amalga oshi- rish, ekologiya muammolarini birgalikda hal etish, tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatishda hamkorlik. A’zo davlatlar xukumat boshliklari o’rinbosarlaridan iborat xa-lqaro iqtisodiy ko’mita Ittifoq ishini muvofiqlashtirib bo- radi va uning doimiy ishlovchi organi hisoblanadi. Shtab-kvartirasi Minsk sh.da.