Mustamlakachilik

Mustamlakachilik — kuchli dav latlar tomonidan zo’rlik b-n egal- langan mamlakat yoki hududni siyosiy va iqtisodiy mustaqillikdan mahrum etib, o’ziga bo’ysundirish, qaram qilish, ta- lash siyosati. 15-a. oxirida Evropa dav- latlari (Portugaliya, Ispaniya, Angliya, Frantsiya, Gollandiya) ana shunday siyosat yurita boshlaydilar. Bunday amaliyot 20- a. boshida avjiga chikdi, natijada dunyo- ning katta qismi bir necha imperiyalar o’rtasida bo’lib olindi. Bu davrga kelib eski mustamlakachi davlatlar yoniga yangi- lari: AQSh, Germaniya, Belgiya, Yaponiya, Rossiya qo’shildi. 2-jahon urushi (1939— 45) tufayli kuchayib ketgan milliy ozod- lik harakatlari sanoqli yillar ichida mustamlaka imperiyalarini tezda Emi- rilib, qulashiga olib keldi. BMTning Bosh Assambleyasi mustamlaka mamla- katlari va xalqlariga mustaqillik be- rish to’g’risida Deklarasiya qabul qildi (1960), unda M. insoniyatga qarshi jino-yat sifatida ba-hrlanadi. 20-a.ning 60-y. lari boshida o’nlab sobiq mustamlakalar mustaqillikka erishishdi va suveren dav- latlarga aylandi. Jumladan, «Afrika yili» deb nom olgan 1961 y.da qit’aning 21 davlati mustaqillikka erishgan edi. Hoz. vaqtda ayrim kichik hududlar (asosan, Orol qududlari) AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Niderlandiya va b. mamlakatlar hukmronligi ostida qolib kelmoqda. Lekin bu hududlarning Axo- liey metropoliya aholisi huquqlariga o’xshash yoki unga yaqin huquqlarga ega bo’ldi, maxalliy o’zini o’zi boshqarishdan keng foydalanadi, metropoliya mamla- katlaridan moliyaviy-iqtisodiy yordam oladi. Shu bois tom ma’noda M. amalda yo’qolgan, deyish mumkin. 19 — va 20-a.da Rossiya imperiyasi, so’ng sobiq Sssrham M. siyosatini olibbordi. 1991 y. SSSR parchalanib uning o’rnida mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi. O’zbekiston M. dan xalos bo’lib, mustaqillikka erishgani ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz beradi.