Musiqali komediya

Musiqali komediya — kulgili, hajviy mazmun asosida (Frans. vodevil, nem. zingshpil, ital. Buff opera, ope- retta kabi) yaratilgan musikaviy sahna asari. Tarkiban muetshali dramata yaqin bo’lsada, lekin undan musiqiy tili va hajviy mazmuni b-n ajralib turadi. Bu janrning ildizlari qadim zamonlarga, Sharq va G’arb xalqlarining og’zaki ijo- diyoti, qiziqchi va masxarabozlar san’- atlariga borib taqaladi. O’zbekistonda M.k. yuzaga kelishi, musiqali dramaning jadal rivoji, mavzu doirasining ken- gayishi b-n uzviy bog’liq. Dastlab (1920- y.lar oxirida) hajviy syujetga asos-langan musiqali spektakllar qo’yilib, ularga musiqalarni rejissyor (ba’zan dramaturg)lar o’zbek xalq kuy va qo’shiq (xususan lapar, Yalla)laridan tanlashgan. Hamzaning «qarmoq» va «Maysaraning ishi», K. Yashinning «Aji-aji», Xurshid- ning «yomon o’g’il», «Tullak», «Bahor», B. Xalilning «Oshiqlar», S. Abdullaning «Uzunquloqli qazrat» kabi asarlari shu tarzda sahnalashtirilgan. 1940-y.lar oxirida o’zbek M.k.si mustaqil janr si- fatida shakllandi. Asardagi mavzu va g’oya hajviy-yumoristik vaziyat, xrlat, xarak- terlar bilangina emas, balki ularga mo- NAND musiqa (yakka qo’shiq, ashula, xor va raqsbop kuylar) vositasida ifodalandi: xalq teatri xususiyatlari, dialoglarda askiya an’analariga keng tayanildi. Uyg’un va M. Levievning «Oltin ko’l» (1949) asari M.k.ning ilk yuksak namunasidir. 50-60-y.larda M.k.ga e’tibor kuchayib, mazkur janr o’zbek bastakor va kompozi- torlari ijodidan mustahkam o’rin egal- ladi. Mac, H. G’ulom pesalari asosida M. Leviev «Toshbolta oshiq», «ajab savdolar», G’. G’ulom pesasi asosida «Zamonali va Omonali», H. Muhammad pesasi asosida «Toshkentning Noza- nin malikasi», J. Jabborov pesala- ri zaminida ik. Akbarov «O’jarlar» va «Yillar o’tib», Turob to’la pesasi aso- sida «Qizbuloq», K. Shang’itboev asari asosida A. Muhammedov «jon qizlar» M.k.lari yaratilgan. Keyinchalik M. To- jiev («chol va kampir»), M. Mahmudov («Hiylai sha’riy», «To’ylar muborak»), M. Bafoev («ettinchi jin»), F. Olimov («Soyibxo’ja operasiyasi», «Superqay- nona») kabi kompozitorlar M.k. janrida muvaffaqiyatli ijod qilishdi. Ahmadjon Jabborov.