Musiqa shakli

Musiqa shakli — 1) keng (fal- Safiy, estetik) ma’noda — muayyan g’oyaviybadiiy mazmunni musiqada mu- jassamlashtiruvchi ifoda vositalari (kuy, ritm, garmoniya va b.) maj-mui; 2) tor ma’noda — musiqa asarining ichki tuzilishi — kompozisiyasn. M.sh. badiiy obrazlarni namoyon etishda muayyan ijo- diy printsiplar (mas, kuy yoki mavzuni takrorlash, o’zgartirish, qayta ishlash, yangi, keskin farklanuvchi kuy kiritish va b.)ga ta-yanadi. Og’zaki an’anadagi musiqada, shuningdek, vokal, teatr, kino musiqalarida sof musiqiy omillar b-n birga mazkur san’at turlariga xos (mas, she’riy asar tuzilishi, sahna asari dra- maturgiyasi, kinofilm montaji kabi) kompozisiya xususiyatlari ham muhim o’rin tutadi. Dasturli (muayyan mavzu- li) musiqa asarlari (mas, simfonik poema, ballada)la M.sh. umumiy syujet- ga mos ravishda o’zgaradi. M.sh.ning eng kichik ifodaviy birligi ohang, birlam- chi tugal musiqa tuzilmasi mavzudir. Har bir asardagi kompozisiya o’ziga xos ko’rinishga ega bo’lsada, M.sh.ning Aer- lar davomida rivojlanib, qonunlashgan turlari mavjud (davr, kuplet, ikki qismli, uch qismli shakl, Sonata shakli, variasiya, Rondo, fuga va b.). Shuningdek, bir qismli aralash (rondosonata), ko’p qismli turkum M.sh.lari tarqalgan (Syu- ita, Sonata turkumi va b.). Yirik vokal- simfonik (oratoriya, kantata, messa va b.) va musiqali sahna (musiqali drama va komediya, opera, balet) asarlari ko’p qismdan tashkil topadi. Ularning ayrim qismlari (uvertyura, ariya va h. k.), odat- da, uncha murakkab bo’lmagan M.sh.larida yoziladi. Sharq (jumladan, O’rta Osiyo) xalqlarining og’zaki an’anadagi profes- sional musiqasida turli xil M.sh.lari mavjud bo’lgan (amal, kor, savt, peshrav va b.). Ad.: Rajabov I., Maqomlar masalasi- ga doyr, T., 1963; Asafev B., Muzikal- Naya forma kak prosess, 2 izd., M., 1971; Sposobin I., Musiqa shakli [maxsus muharrir F. G’afurbekov], T., 1982.