Samarqand tarixi

Samarqand 2500 yoshda

Samarqandni buyuk Sovetlar diyorining barcha mehnatkashlari va horijiy ellar yaxshi biladi. Mamlakatimizning boshqa shaharlari singari Samarqand ham kun sayin go’zallashib bormoqda. Samarqand – ellikta sanoat korxonasida va ko’plab qurilayotgan zavod va fabrikalarda mehnat qilayotgan ishchilar, injenerlar, texniklar, xizmatchilar shahri; oltita oliy o’quv yurti va ko’plab o’rta o’quv yurtlarida xizmat qilayotgan professorlar va o’qituvchilar shahri; davlat va jamoat tashkilotlarida, energetika sistemalarida, kommunal korxonalarda, kooperativ muassasalarda ishlayotgan xodimlar shahridir.

Ulkan archalar, baland teraklar va asriy eman daraxtlari bilan qoplangan keng K.Marks ko’chasi, Lenin prospekti, Toshkent ko’chasi, universitet oldidagi M.Gorkiy xiyoboni qadimiy shaharning chiroyiga-chiroy qo’shib turibdi. Davlat opera va balet teatrining ko’rkam binosi va unga tutashib ketgan keng maydon – shaharliklarning sevimli oromgohlaridan biri. Maydon yaqinidagi balandlikd qadimiy Registon joylashgan. Samarqand mehnatkashlari 1917 yilning noyabrida shu yerda tantanali va qat’iy ohangda Revolyutsiya bo’lsin, reaksiya, pomeshchik-burjua mustamlakachilik tuzumi esa yo’qolsin deb baralla aytganlar. O’sha paytdan buyon Samarqand uzra tinchlik va sotsializm, ozodlik va xalqlar do’stligi ramzi bo’lgan Qizil bayroq ulug’ Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi va O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini sharaflab hilpirab turibdi.

Sovetlar mamlakatning ajralmas bir qismi bo’lgan Samarqandda shiddatli sinfiy kurashda davlat hokimiyatini o’z qo’liga olgan va barcha sovet xalqi bilan birgalikda lenincha Kommunistik partiya rahbarligida haqiqatan ham ajoyib ishlarni amalga oshirayotgan xalqning moddiy va ma’naviy kuchlari ravnaq topmoqda.

Mehnatkash ommaning mehnati, zo’r mahorati, iste’dodi, dahosi tufayli bunyod etilgan qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning 2500 yilligini bayram qilinishi sotsialistik voqeligimizning yorqin dalillaridan biridir.

Samarqand bunyod etilgan vaqtdan to hozirgi kunimizga qadar murakkab tarixiy yo’lni bosib o’tdi: u miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Afrosiyob xarobalari o’rnida mudofaa devoir bilan o’ralgan qadimiy qishloq edi, miloddan avvalgi IV asrda Marokanda, milodiy eraning V-VII asrlarida – Afrosiyob, milodiy eraning XIII asrigacha Samarqand-Simizkent va XIV-XV asrlarda Movarorounnahrning poytaxti – Simizkent-Samarqand deb ataldi; XVI asrning oxiridan to XIX asrning o’rtalarigacha Samarqand Buxoro amirligi, 1868 yildan 1917 yilgacha chor mustamlakasi tarkibida bo’ldi va nihoyat Samarqand Sovetlar zamonasida.

Samarqand hayotidagi har bir tarixiy davr o’z xususiyatlariga ega bo’lib, zamon ruhini o’zida aks ettiradi.

Jahondagi barcha shaharlar singari Samarqand ham insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyotning ob’yektiv qonunlari (hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi, hokimiyatning markazlashuvi hamda yirik davlatning vujudga kelishi) asosida tashkil topdi va rivojlandi.

Bizning nuqtai nazarimizcha, Samarqand tarixini beshta asosiy davrga bo’lib ko’rsatish mumkin: birinchi davr – urug’-qabilachilik tuzumi va tuzumi va quldorlik ijtimoiy munosabatlari shakllana boshlagan, yirik aholi punkti sifatida shaharning vujudga kelish davri bo’lib, miloddan oldingi VIII-VII asrga to’g’ri keladi, ikkinchi davr – miloddan oldingi VI-IV asrlardagi quldorlik davri hamda feudal munosabatlarining vujudga kelish va rivojlanish davridan to XIII asrgacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi.

1965-1968 yillarda Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazish ishlari shuni ko’rsatdiki, bu davr mobaynida shahar territoriyasi hozirgi “eski shahar” hisobiga kengayadi, ammo shaharning asosiy qismi avvalgidek Afrosiyob territoriyasi bo’lib qolaveradi.

Chingizxonning istilochilik yurishlari natijasida 1220 yilda shahar yer bilan yakson qilib yuborildi va so’ngra shahar Afrosiyob chegarasidan tashqarida bo’lgan yangi joyda, hozirgi “eski shahar” territoriyasida yana vujudga keldi. Samarqand hayotining yangi (uchinchi) davri XIV asrning oxirlariga to’g’ri kelib, bu davrda u Temuriylar davlatining poytaxtiga aylandi.

Shahar hayotidagi to’rtinchi davr O’rta Osiyoning Rossiyaga qo’shib olinishi bilan bog’liq bo’lib, bu davrda o’rta asrga oid ko’hna shahar bilan bir qatorda uning Yevropa tipidagi yangi qismi ham paydo bo’ldi

Ulug’ Oktabr tufayli revolyutsion harakat markazlaridan, O’rta Osiyo sotsialistik ekonomika va madaniyatni boshlab bergan shaharlardan biri bo’lgan Samarqand tarixida ham yangi era boshlandi.

O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomli SamDU ning D.N.Lev rahbarligidagi arxeologik ekspitsiyasi 1958-1968 yillarda hozirgi shahar markazida, Komsomol ko’li territoriyasida joylashgan Samarqand paleolit davri manzilgohida arxeologik qazishmalar o’tkazib, Afrosiyob, Marokanda, Samarqandning eng qadimiy davriga oid ko’p ma’lumotlar to’pladi. Bu ma’lumotlar Samarqand manzilgohining yuqori paleolit davriga mansub ekanligini yozma tarixdan ancha ilgari ham hozirgi Samarqand territoriyasida chaqmoqtoshdan mehnat qurollari tayyorlagan qadimgi odamlar yashaganligini ko’rsatdi.

D.N.Lev bunday deb yozgan edi: “Cho’ponota tepaligida juda ko’p yashil chaqmoqtosh koni aniqlanib, Samarqand manzilgohida topilgan ko’pgina qurollar ana shu chaqmoqtoshdan yasalgan. Manzilgohda yashagan odamlar o’zlari uchun kerak bo’lgan xom ashyoning bir qismini xuddi shu joylardan qazib olishgan degan taxminni tasdiqlash uchun bu yerda bundan keyin ham qazishma ishlarini olib boorish zarur”.

1965-1968 yillarda qadimiy Afrosiyobning pastki qatlamlarini o’rganish borasida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida bu yerda miloddan avvalgi VII asrdayoq ko’p tarmoqli hunarmandchilik ishlab chiqarishi rivoj topganligi va sertarmoq irrigatsiya shoxobchalari mavjud bo’lganligi aniqlandi.

1965-1968 yillarda o’tkazilgan arxeologik qazishmalar vaqtida ko’plab sopol idishlar hamda boshqa uy-ro’zg’or anjomlari topildiki, bular o’sha davr hunarmandchiligi haqida boy materiallar beradi.

Siyob soyi yaqinidagi xandaqlar bilan o’ralgan tepalikda joylashgan Afrosiyobning o’z qal’asi, mustahkam mudofaa devorli to’rt davrozasi: Shimoliy, Sharqiy, Janubiy va G’arbiy darvozalari bo’lgan. Shoir Firdavsiyning o’lmas “Shahnoma” asarida kuylangan afsonaviy Turon podshosi Afrosiyob mazkur tepalikni keyinchalik o’z qarorgohlaridan biriga aylantirgan bo’lishi mumkin.

Yunon tarixchilarining, shu jumladan, Kvint Kurtsiyning ma’lumotlariga qaraganda, miloddan avvalgi 329 yilda makedoniyalik Iskandar bosib olgan vaqtda Samarqand (aylanasi 10 kilometrdan ko’proq) mudofaasi mustahkam, obod shahar, xalqi esa mard, yuksak madaniyatli va olijanob bo’lgan. Yunon tarixchilari so’g’diylarning Spitamen boshchiligidagi kurashini tasvirlab yozgan asarlarida Marokanda deb ehtimol Samarqandni aytgandir.

Darhaqiqat, 1965 yili Afrosiyobdan topilgan VII asr saroy zallaridan birining devoridagi so’g’dcha xatda ham Samarqand so’zi Smarakansa shaklida uchraydi. So’g’dshunos olimlarning yozishicha, Marokanda Samarqandning qadimiy Smarakansa shaklidir.

Yunon tarixchilarining yozishicha, makedoniyalik Iskandar miloddan avvalgi 328 yilda So’g’diyona poytaxti Marokandani zabt etib, uni vayron qilgan, so’ngra o’zining harbiy garnizoni uchun qal’ani qaytadan tiklagan. Bobir makedoniyalik Iskandarning Samarqandni qurishi haqida yozganida xuddi ana shu qal’ani nazarda tutgan bo’lsa kerak.

Keyinchalik Samarqand O’rta Osiyoning boshqa joylari kabi makedoniyalik Iskandar sarkardalaridan biri Salavk tomonidan asos solingan Salavkiylar davlati, so’ngra esa mahalliy oqsuyak hokimlar bilan grek-makedon harbiylari ittifoqi asosida tashkil topgan Grek-Baktriya podsholigi tarkibiga kirdi. Miloddan avvalgi ikkinchi asrda bu davlat mahalliy aholi, asosan ko’chmanchi qabilalar zarbasi bilan parchalanib ketdi. Keyinchalik esa milodiy eraning boshida Grek-Baktriya podsholigi o’rnida Kushan qabilalaridan tashkil topgan va tarixiy adabiyotda Kushan podsholigi deb atalgan davlat vujudga kelib, Samarqand ham shu podsholikka kirdi.

G.A.Pugachenkovaning keying yillarda olib borgan tadqiqotlarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, bu podshohlikning markazi hozirgi O’zbekistonning janubiy qismida bo’lgan.

O’sha vaqtda Samarqand, shubhasiz, rivojlangan shaharlardan biri bo’lgan. V.A.Shishkinning Samarqandning o’sha davr tarixiga oid ma’lumotlarini kitobxonlar diqqat-e’tiboriga havola qilmoqchimiz. V.A.Shishkin ko’hna shaharning shimoliy qismida Siyob bo’yida yirik kvadrat shaklidagi g’ishtlardan qurilgan binoni qazib topgan. Bino bir necha xonali bo’lib, bulardan birida o’choq saqlanib qolgan. Bu, aftidan, uyda o’tga topinish uchun olov yoqiladigan o’choq bo’lgan. Unda chiroyli qilib ishlangan nafis sopol idishlar: uzun oyoqli qadahlar, turli shakldagi kosa va ko’zalarni ko’plab uchratish mumkin. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, shahar milodgacha va milodning birinchi yuz yilligida ancha-muncha rivojlangan bo’lgan.

V.A.Shishkinning yozishicha, Kushan podsholigida dastlabki davrlarda boy va qudratli davlat bo’lsa ham, ammo to’xtovsiz ichki janjallar va doimiy urushlar natijasida milodiy eraning III-IV asrlarida chuqur inqirozga yuz tutgan. Bunda ayniqsa sotsial iqtisodiy o’zgarishlar ko’proq rol o’ynagan bo’lsa kerak. Samarqandning shahar sifatidagi mavqei milodiy eraning V-VI asrlarida O’rta Osiyoda eftalitlar, undan keyingi asrda esa turk xoqonlari o’z hukmronliklarini o’rnatdilar. Ammo ularning har ikkalasi ham O’rta Osiyoda feodal davlatlarining ichki ishlariga kam aralashganliklari va bularning ichki taraqqiyotiga erka berganliklari tufayli O’rta Osiyo xalqlarining xo’jalik va madaniy taraqqiyoti yanada yuksalib bordi.

VII asrning boshlarida O’rta Osiyoda bo’lgan xitoylik elchi Vey Tsze bunday deb yozgan edi: “Samarqandning barcha aholisi mohir savdogar; bola besh yoshga kirishi bilanoq unga savod o’rgata boshlaydilar, o’qishni bilib olgandan so’ng uni savdo ishlarini o’rganishga majbur etadilar”. Samarqandlik savdogarlar Yettisuvning ancha ichkarisiga va Xitoy chegaralarigacha yetib borib, u yerlarda savdo-sotiq qilganlar.

1965 yilning bahorida Afrosiyobda ajoyib kashfiyot qilindi. Bu yerda VII asrda qurilgan boy va nufuzli feodallardan biriga mansub bo’lgan katta turar-joy binosi xarobasining bir qismi topildi. Ba’zi xonalarning devorlari suratlar bilan yoppasiga bezatilgan bo’lib, ularning qoldiqlari o’sha davrdagi mo’yqalam sohiblarining ajoyib san’atiga munosib baho berish imkoniyatini tug’diradi.

Sharqdagi bir qancha mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirgan arab istilochilari rivoj topayotgan va boy Samarqandga ketma-ket hujum boshlaydilar. Xalifalikning Xurosondagi noibi Qutayba 712 yilda Samarqandni ishg’ol qiladi. Bu yerda istilochilar mazlum aholining arab istilochilariga qarshi birin-ketin bo’lib turgan qo’zg’olonlaridan qo’rqa-pisa yashardilar.

Qutayba 712 yili shaharda bir qism qo’shinlarini qoldirib, Marvga qaytib kelganida, So’g’d aholisi shimoliy viloyatlardan ko’chmanchi turklarni yordamga chaqiradi. Arablarning qo’l ostida faqat Samarqandgina qoladi. Mamlakat arablarga bo’ysunishdan bosh tortadi va natijada Qutayba keyingi yili mamlakatni yana qaytadan bosib oladi. Lekin bus afar ham arablar So’g’d territoriyasini butunlay zabt eta olmaydi. Isyonlar keyingi o’n yilliklar mobaynida ham davom etib turadi. Shunday paytlar ham bo’lganki, arablar qo’lida faqat Samarqand va yaxshi mustahkamlangan ayrim punktlargina qolgan. VIII asrning 30-yillarida esa g’alayon ko’targan aholi Samarqandni ozgina vaqt bo’lsa-da, yordamga kelgan ko’chmanchi turklar bilan birga egallab turgan.

Istilochilar faqat harbiy kuch bilangina harakat qilib qolmaganlar. Arablar VII asrning birinchi yarmida Makka va Madina shaharlarida vujudga kelgan yangi din – islomni aholi o’rtasida yoyish yo’li bilan undan yerli aholini tutqunlikda saqlash vositasi sifatida foydalangan. Arablar ba’zi joylarda zo’rlik va tahdid bilan, ba’zi yerlarda turli sohta imtiyozlar, jumladan, islomni qabul qilganlarni soliqlardan ozod etishni va’da qilib, O’rta Osiyoda islom dinini yoyishga uringanlar. Ular otashparastlarga mansub bo’lgan so’g’diylarning eski ibodatxonalarini vayron etib, kohinlarni ta’kib qilganlar.

X-XI asrlarda yashagan o’rta osiyolik mashhur olim Beruniy bunday deb yozgan edi: “Xorazm yozuvini yaxshi bilgan, ularning rivoyatlaridan xabardor bo’lgan va xorazmliklardagi mavjud ilm-fanlarni o’rgatuvchi kishilarni Qutayba qirib tashladi va turli qiynoq-azoblarga soldi”. Istilochilarning madaniyatidan shubhasiz ancha yuqori turgan mahalliy madaniyatga qarshi kurash So’g’dda ham olib borildi.

IX asrning boshlarida Samarqandda katta qo’zg’olon boshlandi. Bu safar mahalliy aholining harakatiga arab lashkarboshlaridan biri Rafi ibn Lays boshchilik qildi. Qo’zg’olon qariyb to’rt yil davom etdi, lekin bostirildi.

Arab istilochilari bo’ysunishni istamagan So’g’d, Farg’ona va Shosh aholisiga qarshi bir yuz ellik yildan ortiq vaqt qattiq kurash olib bordi. Bu kurash mamlakatni og’ir ahvolga solib qo’ydi, chunki deyarli uzluksiz davom etgan urush harakatlari mamlakatni xarob qilib, vayronagarchilik keltirdi, qishloq va shaharlarni yo’q qilib yubordi. Masalan, Panjikent shahri vayron etilib, ahoisi shaharni tashlab, yangi joyga ko’chib ketishga majbur bo’ldi.

Afrosiyobda o’tkazilgan qazishmalar vaqtida ham vayrongarchiliklarning izlari topilmoqda. Yuqorida aytib o’tilgan va devorlariga suratlar chizilgan bino, aftidan, ancha vaqtgacha bo’sh qolib, hech kim turmagan bo’lsa kerak. Noma’lum kimsalar, ehtimol, arablar devordagi odamlar tasvirini ko’rib, islom dini taqiq etgan bunday suratlarni pichoq yoki biror o’tkir narsa bilan buzib tashlagan. Shahar territoriyasining hammasi bo’lmasa ham ancha qismi bir qancha vaqt kimsasiz huvillab yotgan, keyin samarqandliklarning o’zlari, ehtimo, vayron etilgan boshqa shahar va qishloqlarning aholisi ko’chib kekib, uni yana obod qilgan deb faraz qilish mumkin.

Arab xalifaligidan ozod bo’lish uchun olib borilgan kurash Somoniylar davlatining tashkil topishi bilan tugallandi. Samarqand dastlab bu davlatning poytaxti bo’lib turdi, so’ngra IX asrning oxiridan boshlab, Ismoil Somoniy hukmronlik qilgan davrda poytaxt Buxoroga ko’childi. Biroq o’sha vaqtda ham Samarqand Buxoro bilan bir qatorda Movarounnahrning iqtisodiy va madaniy markazi bo’lib turdi.

IX asrning ikkinchi yarmi va X asrning birinchi yarmida Movarounnahrning, shu jumladan, Samarqand aholisining iqtisodiy va mdaniy hayoti ancha yuksaldi. Vayronalar ustida shahar yangitdan qad ko’tardi, shu bilan birga, shaharning o’zi ham kengaydi, yangi binolar uning husniga husn qo’shdi. Samarqand ko’hna Afrosiyob joylashgan butun tepalikni egalladi va to’rt darvozali baland devorlar bilan o’rab olindi. Shahardan janubroqda, Hazrati Xizr machiti yaqinidagi Kesh darvozasi narii tomonida bozor va hunarmandlarning ustaxonalari bo’lgan savdo-sotiq rabotlari vujudga keldi. Shahar markazi asta-sekin janubga tomon, hozirgi vaqtda Bibixonim machiti xarobalari turgan joydan Registonga va Chokardiza mahallasini o’z ichiga olgan yerlarga yoyildi.

Lekin Afrosiyob tepaligidagi shaharning ko’hna qismida ham jo’shqin hayot davom etardi. Shaharning bu qismi Hazrati Xizr machiti yaqinidan boshlanadigan bir necha kanal orqali suv bilan yaxshi ta’minlangan edi. Kanallarning biri to’ppa-to’g’ri shimolga qarab, hozirgi daraxtlar xiyoboni tomon oqib baland damba bo’ylab qal’a tepaligi etagidagi joylarni kesib o’tib, sopol quvurlardan yasalgan vodoprovod orqali shaharning shimoliy qismini suv bilan ta’minlab turgan. Boshqa ikki magistral kanal hozirgi vaqtda Toshkentga va aeroportga boriladigan yo’llar tomon oqqan.

Kesh darvozasi yonidan boshlanadigan asosiy magistral ko’chalar kanallar yoqalab ketgan; g’arbiy magistral ko’cha Buxoro darvozasi tomon (Siyob ko’prigidan aeroport yo’nalishi tomon), o’rta magistral ko’cha qal’a tomon, sharqiy magistral ko’cha esa ko’hna shahar sharqi-shimoliy burchagida joylashgan darvoza tomon olib borgan. Qazish ishlari vaqtida Shohizinda tomon o’tkazilgan yana bir kanal qoldiqlari ham aniqlandi. Kanallardan suv taqsimlaydigan kichik shoxobchalar chaqirilgan.

Suv taqsimlanadigan hitfa (Hazrati Xizr machiti yonida) suv janubdan, aftidan, Chokazdiza mahallasi orqali o’tgan kanaldan oqib kelgan bo’lsa kerak. Bu mahalla bilan shaharning qadimiy qismi devorlari o’rtasidagi joy pastqam bo’lganligi uchun qadimgi irrigatorlar o’sha davr uchun ajoyib inshoot qurishgan va natijada suv qadimiy Rimdagi mashhur vodoprovodlar singari akveduklar (osma novalar) orqali o’tgan. Osma novalar qo’rg’oshin bilan qoplangan bo’lgani uchun bu kanal Jun Arziz (“Qo’rg’oshin arig’i”) nomi bilan mashhur bo’lgan. Qadimiy quruvchilarning yuksak mahoratidan dalolat beruvchi bu inshoot barpo etilgan vaqt sanasi hali aniq bo’lmasa-da, har qalay kanal arablar istilosiga qadar qurilgan bo’lsa kerak.

Shaharda chuqur qazilgan quduqlar ko’p bo’lgan, chunki bu yerda yer osti suvlari yer yuzasidan juda chuqurda joylashgan.

O’rta asr tarixchilari va geografilarning yozishicha, o’sha vaqtdagi Samarqand ko’chalariga tosh yotqizilgan. Buni arxeologik tadqiqotlar tasdiqlaydi. Chunonchi, 1965 yilda ko’hna ularning ko’pchiligiga Cho’ponotadan keltirilgan slanets bo’laklari yotqizilgan edi. V.A.Shishkinning ilmiy tadqiqotlaridan keltirilgan bu parchalar Samarqandning o’sha davrdagi tarixi qisqa, ammo ravshan ifodalab beradi.

Tarixchilar va arxeologlarning yakdillik bilan bildirgan fikrlariga ko’ra, dev yozadi V.A.Shishkin, Samarqand 1220 yilning martida yangi, ehtimol, eng dahshatli voqealarni boshidan kechirgan. O’sha yilning fevralida Buxoro va Zarafshon vodiysining talay qismini zabt etgan Chingizxon askarlari shaharga yaqinlashib qolgan edi. O’sha vaqtda O’rta Osiyoning viloyatlarini birlashtirib hukmronlik qilayotgan Xorazm shohi Muhammadning shaharni mustahkamlash choralarini ko’rganligini Afrosiyob devorlarini o’rganish ishi ko’rsatib turibdi. Devorlarning ma’lum qismi tuzatilgan. Shaharning o’zida qo’shib ko’p sqlangan (ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 100 mingdan ziyod, ayrimlarida qirq mingga yaqin qo’shin bo’lgan, deyiladi). Biroq mamlakatda hukm surgan ichki feodal nizo-janjallar, shohlar bilan ularga bo’ysunmagan feodal lashkarboshilari o’rtasidagi dushmanlik chinakamiga mudofaa uyushtirish imkonini bermagan. Mo’g’ullar Samarqandni qamal qilganlaridan keyin, shaharning qo’shin boshliqlari taslim bo’lishga qaror qilganlar. Shaharning ancha mustahkam bo’lgan shimol qismidagi bir guruh dovyuraklar uni mudofaa qilishni davom ettirganlar. Lekin mo’g’ullar hujum qilib, shaharning bu qismini ham ettirganlar. Jome machitda yashiringan ming kishiga yaqin so’nggi himoyachilar qirib tashlangan, machitning o’ziga o’t qo’yilgan.

Machit joylashgan yerda olib borilgan arxeologik ishlar shuni ko’rsatadiki, machit yog’och ustunlar bilan o’ralgan to’g’ri burchakli katta hovlidan iborat bo’lgan. Ustun va to’sinlar o’yma naqshlar bilan bezatilgan. Naqsh izlari usti kuygan yog’och bo’laklarida hozir ham yaxshi bilinib turibdi.

Shahar shafqatsiz ravishda talangan, Samarqandga shuhrat keltirgan ming-minglab mohir hunarmandlar olib ketilib, Chingizxonning o’g’illari va qarindosh-urug’lariga berilgan. Hunarmandlar ularning qo’llarida qul sifatida ishlagan. Aholining qolgan qismiga katta o’lpon solingan.

Samarqandda bo’lgan Xitoy sayyohining yozishicha, ana shunday dahshatli urushdan keyin shaharda ko’pi bilan aholining chorak qimi qoldi. Tirik qolgan aholi Samarqandning hozir “eski shahar” deb ataluvchi va ilgarigi savdo-sotiq raboti joylashgan shimoliy qismiga o’rnashgan. Afrosiyob tepaligidagi shaharning qadimiy qismi esa vayronalarga aylanib, u yerda qaytadan shahar tiklanmagan. Afrosiyob bundan keyin hayot tiklanmaslining, asosiy sabablaridan biri, shubhasiz, shaharni suv bilan ta’minlab turuvchi “Qo’rg’oshin arig’i” deb ajoyib inshootning mo’g’ullar tomonidan buzib tashlanganligi bo’lgan. Xarob bo’lgan va talangan Samarqand bu kanalni tiklay olmas edi.

Samarqand XIII va XIV asrlarga kelib asta-sekin, biroq muntazam ravishda tiklanib bordi.

Temur davrida Samarqandda katta qurilish ishlari olib borildi. Bunga qadar o’tgan 150 yil mobaynida shaharda hech qanday yirik qurilish bo’lmagan edi. Sharafuddin Ali Yazdiy va Temurning Samarqanddagi saroyi qoshida bo’lgan Ispaniya elchisi (1403-1406 yillar) Ryui Gonzales de Klavixo ham ana shu haqda yozadilar. V.V.Bartold juda to’g’ri ta’kidlab o’tganidek, Temurning fikricha, Samarqand jahonda birinchi shaharga aylanishi kerak edi. Samarqand atrofida barpo etilgan bir qancha qishloqlarga musulmon mamlakatlaridagi asosiy shaharlar – Bog’dod, Damashq, Misr, Sheroz va Sultoniya nomining berilganligi ham bu fikrni tasdiqlab turibdi.

Qadimgi yunon tarixchilari, solnomachilari Samarqand (Marokanda) haqida yozganlar, shoir va yozuvchilar uning to’g’risida qo’shiq va g’azallar to’qiganlar, Sharq va G’arbdagi ko’pgina mamlakatlarning sayohatchilari va olimlari badiiy va ilmiy tafakkur markazi sifatida, xalq dahosini asrlar davomida gavdalantirib bergan, tasvirlab qoldirgan ustalar, mohir me’morlar, qo’li gul binokorlarning ajoyib hamda sahovatli ijodi mahsuli to’plangan joy sifatida unga qoyil qoldilar. Bobir Mirzo ma’lumotlariga ko’ra, Samarqandning Feruza, Ohanin, Shayxzoda, Gozuriston, So’zangaron va Chorraha singari darvozalari bo’lgan. Samarqand qal’asi devorining ichki aylanasi 10 600 qadamga teng kelgan.

Hozirgi zamon tarixchilari Temur feodal davlatidagi sotsial-iqtisodiy munosabatlari har tomonlama o’rganish nihoyatda zarur ekanligini asrimizning qirqinchi yillaridayoq yozgan edilar. O’shandan buyon 25 yildan ziyod vaqt o’tdi. Biroq, afsuski, mazkur muammo haqida hanuzgacha yirik ilmiy asar yozilganicha yo’q. Tarixiy hujjatlar, jumladan, Temur davlatidagi chuqur sinfiy munosabatlar va antagonistic ziddiyatlarni, siyosiy oqimlar hamda ular o’rtasidagi kurashni ochishga bizga yordam bergan bo’lur edi.

Shayboniyxon boshliq ko’chmanchilar O’rta Osiyoni bosib olganlaridan keyin Samarqand hayotida yangi davr boshlanadi. Shayboniylar davlatining poytaxti Buxoroga ko’chirilgandan keyin Samarqnad shahri uning tarkibida qoladi.

Movarounnahrni xonavayron qilgan feodal ichki nizo-janjallar va Eron hukmdori Nodirshohning O’rta Osiyoga qilgan yurishi natijasida XVII asrlar davomida bunyod etilgan ajoyib madrasa va machit binolari o’z holiga tashlab qo’yildi. Qayoqqa borishini bilmagan bir to’da oilalargina shahar qal’asida kezib yurdi. Ammo shundan keyin ham shahar o’z qaddini yana rostlay boshladi va XIX asrning o’rtalarida qaytib kelgan, shuningdek, boshqa viloyat va rayonlardan ko’chib kelgan aholi hisobiga shahar hayot qaytadan jonlandi.

N.V.Xanikovning XIX asrning qirqinchi yillari boshida yozgan ma’lumotida quyidagilarni o’qiymiz: “Shoirlar Jannat deb atagan Samarqandning ahvoli hikoyalarda aytilganiidek achinarli bo’lmasa ham, har holda u o’zining hozirgi holatiga kelishi uchun ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirishi kerak edi. Shahar devori yaxshi saqlangan bo’lib, to’g’ri to’rtburchak shaklida, uning shimoliy tomoni sal kengroq edi. Uning g’arb tomonida ba’zi nomuvozanatliklar ko’zga tashlanadi, bu yerda qal’a shahar devorida ham nishon tuynuk va burjlar qilingan, uning balandligi va qalinligi Buxoro devornikicha kelardi. Shaharda oltita darvoza bo’lib, ular: 1) Darvozai Buxoro, 2) Davrozai Payqobaq, 3) Darvozai Hazrati Shohizinda, 4) Darvozai Qalandarxona, 5) Darvozai So’zangaron, ) Darvozai Xo’ja Ahror deb atalardi. Shaharning aylanasi o’n uch chaqiqim bo’lib, uning maydoni 2280000 kvadrat serjinga yoki 2533,3 tanobga teng edi. Bu raqam Buxoro shahri egallab turgan maydondan 500 tanob ziyod bo’lib, u shaharda mavjud bo’lgan bog’lar hisobiga to’g’ri kelardi. Ilgari vaqtlarda shahar egallab turgan maydon ancha katta edi, shaharni o’rab turgan devorning qoldiqlari g’arb tomondan hozirgidan to’rt chaqirim narida joylashgan, shimol tomondan esa deyarli Zarafshonga qadar, ya’ni olti chaqirimni butun maydon Afrosiyob qal’asi deb aytib o’tish kerakki, shahar Temur taxtga chiqishidan oldin ham shunday maydonga ega bo’lgan. Temur davrida esa shahar maydoni hozirdagidek edi. Farqi faqat shundaki, uning atrofida foydalaniladigan yerlar hozirgiga qaraganda ancha ko’p bo’lgan, chunki yerdan ancha uzoqda bir vaqtlar Samarqand atrofidagi bog’larga tutashib ketgan eski bog’larning qoldiqlari hozir ham uchrab turadi. Shahar Og’aliq tog’ining shimoliy etaklaridan oqib chiqadigan uch soy suvi bilan ta’minlanar edi. Birinchi soy suvi shaharga Xo’ja Axror darvozasidan sal Sharqdan oqib kirib, qal’aning sharqiy va shimoliy devorlarini aylanib o’tar va Samarqand atrofidagi ekinzorga chiqardi. Ikkinchi soy shaharga So’zangaron darvozasi yaqinidan oqib kirib, devorning sharqiy tomonidan oqib chiqar va uchinchi soy suviga qo’shilardi. Bu suv shaharning sharqiy tomonidan o’tib, shimol tomondan oqadigan Obimashhad yoki xalq tilida Obimashat deb nomlangan ariqqa qo’shiladi. Oqar suv shu qadar serob bo’lishiga qaramay, shaharda hovuzlar v qazilgan ariqlar ko’p edi, lekin hozurlarning aniq soni bizga ma’lum emas. Shaharda toshdan ishlangan ikkita karvonsaroy, uch hammom bo’lib, bulardan ikkitasini Xo’ja Ahror hammomi, uchinchisi esa Miriy hammomi deb ataydilar. Shaharning ko’rkam diqqatga sazovor asosiy joylari o’tmishdan qolgan. Hozirgi avlod maqtovga loyiq biror narsa qurish u yoqda tursin, balki ilgari bunyod etilganlarini ham vayron qilmoqda. Samarqand qal’asi g’oyat ulkan; u Buxoro va hatto Qarshidagi qal’alardan ham katta bo’lib, aylanasi uch chaqirim yuz sarjinga teng. U egallab turgan maydon sathi 90 ming kvadrat sarjin yoki 100 tanob keladi. Bu yerda Qutbi Chahorduhum qabristoni, Amir saroyi joylashgan. Mazkur saroyda har bir xon o’z amirligida shubha tug’dirmasligi uchun tantanali vaziyatda o’tirishi lozim bo’lgan mashhur ko’k tosh bor”.

Xanikov ma’lumotlari 1868 yilda Samarqandni zabt etishi bilan shahar qiyofasi ancha tez o’zgarib ketdi. Qal’aning devorlari, darvozalari buzilib ketdi, Samarqandning yangi qismi asosini tashkil etuvchi Yevropa tipidagi yangi qurilishlar yuzaga keldi. Eski Samarqanddan Temuriylar davrining bir necha yirik inshootlari va Afrosiyobdagi vayronalargina qoldi, xolos.

Bu davrda Samarqand Toshkentdagi Turkiston general-gubernatoriga bo’ysungan chor samoderjaviyesi mustamlaka ma’muriyatining muhim tayanchlaridan biriga aylanadi. Mustamlakachi ma’murlar keng mehnatkashlar ommasiga milliy va sotsial zulmni yanada kuchaytiradilar.

Agar antik dunyo sharoitida Samarqand So’g’diyona poytaxti sifatida qullar, hunarmandlar va dehqonlarni turli yo’llar bilan ekspluatatsiya qilish markazi bo’lgan bo’lsa, feodal ishlab chiqarish usuli hukmronlik qilgan davrga kelib dehqon va kosiblarni har tomonlama ezishning muhim bazasi bo’lib xizmat qildi, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Samarqand va uning okruglari birgina sotsial zulmning emas, balki milliy mustamlakachilik zulmining ham makoniga aylandi. Bu davrda Samarqand bilan uning atrofidagi qishloqlar o’rtasidagi qarama-qarshilik yangi asosda chuqurlashdi va kuchayib bordi.

Turkistonda Oktabr revolyutsiyasi g’alaba qozongungacha va mustamlaka yoki yarim mustamlaka holatida bo’lgan Xiva va Buxoroda xalq sovet revolyutsiyalari amalga oshirilgunga qadar u viloyatlar Rossiyaning markaziy oblastlari sanoati uchun har xil xom ashyo yetkazib beruvchi o’lka sifatida zo’rlik bilan tutib turildi. Bu esa qoloqlikni yanada kuchaytirdi, Turkistonning mazlum xalqlari o’rtasida sanoat proletariatning vujudga kelishi va rivojlanishiga to’sqinlik qildi.

Ekspluatator tabaqalar shahar va qishloq mehnatkashlari, turli millat vakillari orasida adovat va nizo chiqarishga jon-jahdi bilan harakat qilardi. Ular shaharliklarga dehqonlarni “sahroyi muzafahm” – dasht odami, avom, kalta fahm kishilar deb ko’rsatishga urinardilar.

Shahar mehnatkashlarining ahvoli ham nihoyatda og’ir edi. Hunarmandlar yashaydigan mahallalarda qashshoqlik va kasallik hukm surardi. Xalqqa tibbiy yordam ko’rsatish va ular uchun kasalxonalar qurish to’g’risida gap ham bo’lishi mumkin emasdi.

Shaharning ko’chalari tor, qing’ir-qiyshiq bo’lib, daraxtlar o’tkazilmagan, uylar derazasiz, paxsa devordan qurilgandi. Dam olish joylari va bog’larga oddiy xalq kiritilmasdi. Ariqlardan oqayotgan suvni iflos qilish juda katta gunoh hisoblansa ham, aholini toza suv bilan ta’minlash eng mushkul masalalardan biri edi. Hovuzlar turli kasalliklarni tarqatuvchi son-sanoqsiz mikroblar uyasi edi.

XIX asrning 70 va 80-yillarida Samarqand shahrining yangi qismi bunyodga keldi, bunda chorizmning harbiy mustamlakachilik ma’muriyati joylashdi. Eski shaharda esa mahalliy hukmdorlar qolishdi. Eski shaharda hunarmandchilik (shoyi to’qish va hokazolar) asosiy o’rin egallar, yangi shaharda esa zavod va fabrikalar barpo etilib, ishchilar sinfi vujuda kela boshlagan edi. Shaharning eski qismida islom dini hukmronlik qilardi, yangi shaharda esa xristian dinini targ’ib qiladigan muassasalardan tashqari, rus-tuzem maktablari, kutubxonalar, muzeylar, kinoteatr va shu kabi madaniy-oqartuv muassasalari paydo bo’la boshlaydi; agar shaharning eski qismida eski uslubdagi uylar saqlanib qolgan bo’lsa, yangi qismida Yevropa arxitekturasi asosida yangi binolar qurila boshlangan edi.

Samarqand shahrining eski va yangi qismlari o’rtasida chegara bo’lib, u chorizmning mustamlakachilik siyosati tufayli belgilangan va xalqlar o’rtasida adovatni kuchaytirishga qaratilgan edi.

Quldorlik feodal tuzumlari davrida va chorizm vaqtida hukm surgan antagonism shundan iborat ediki, Samarqand, bir tomondan, So’g’diyona, Movarounnahr, Turkistonning madaniyat, ilmiy fikrlar markazi bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, O’rta Osiyoda ozodlik harakatlari (Spitamen, Rafi ibn Lays qo’zg’olonlari, sarbadorlar harakati, Namoz qo’zg’oloni va 1916 yilgi xalq ozodligi qo’zg’oloni) ning markazi, asosiy joyi bo’lib qoldi.

XIX asrning ikkinchi yarmida va XX asrning boshlarida Samarqand milliy ozodlik va ishchilar harakatida, Yevropa va ilg’or rus madaniyati hamda sotsial-demokratik g’oyalarni propaganda qilishda muhim rol o’ynay boshladi. Bu esa Samarqand hayoti taraqqiyotidagi asosiy va progressiv voqea edi. Bunga avvalo Samarqandda zavod va favrikalarning vujudga keltirilganligi, temir yo’l o’tkazilganligi, dunyoviy maktablar va bosmaxonlarning paydo bo’lganligi yordam berdi. Shundan so’ng Samarqandda sotsial-demokratik gruppalar tuzildi.

Keyinchalik milliy ozodlik harakatining lenincha patriya rahbarlik qilayotgan Rossiya proletariatning qudratli revolyutsion harakati bilan qo’shilishi tufayli xalq ommasi manfur chor samoderjaviyesi, uning harbiy-mustamlakachilik ma’muriyatini yemirib tashladi hamda Turkiston mehnatkashlari ozodlik va mustaqillikka erishdi.

Ulug’ Oktabr butun mamlakatimizdagidek Samarqand tarixida ham yangi erani boshlab berdi.

Samarqand – O’rta Osiyoda Sovet hokimiyatining birinchi tayanch punktlaridan, Turkiston ASSR ning oblast markazlaridan biri, 1924 yilda milliy davlat chegaralanishi o’tkazilganidan keyin esa O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining birinchi poytaxti (1925-1930 yillar) bo’ldi.

Oktabr revolyutsiyasining g’alabasi va sotsializmning muvaffaqiyat bilan qurilishi Samarqandning sotsial-iqtisodiy hayotida ham tub o’zgarishlar yasadi. Sovetlar mamlakatining tarkibiy qismi bo’lgan O’zbekistonning, shu jumladan, Samarqand mehnatkashlari ma’naviy-moddiy kuchlarining har tomonlama rivojlanishi buning eng muhim yakuni bo’ldi.

Samarqand respublikamiz poytaxti sifatida O’zbekistonni sanoat jihatidan rivojlantirishning eng muhim tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini yanada yaxshilash manfaatlarini ko’zlab yer-suv islohotini o’tkazishda, mahalliy millat xotin-qizlarini chinakam ozodlikka chiqarishda yetakchi rol o’ynadi.

Kommunistik partiyaning mehnatkashlarni markscha-lenincha g’oyalar ruhida tarbiyalash sohasida olib borayotgan ideologik ishida ham Samarqandning xizmati katta.

Bir vaqtlar Samarqand o’rta asrlar ilmiy va badiiy fikrlarining zabardast namoyandalari ijodining markazi sifatida shuhrat qozongan. Mutafakkir Rudakiy Samarqand orqali Buxoroga yo’l olgan. Buyuk olim Muhammad Mirzo Ulug’bek bu yerda astronomlar maktabiga asos soldi, madrasa va rasadxona qurdi hamda o’z zamonasi ilmiy-nazariy tafakkurining cho’qqisi bo’lgan butun dunyoga mashhur “Ziji KO’ragoniy” asarini yaratdi. Genial mutafakkir shoirlar Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy bir qancha vaqt Samarqandda tahsil ko’rdilar, ijod qildilar.

Sovetlar davrida ham Samarqand o’z olimlari, shoirlari, rassomlari, xalq ustalari, o’zlarining kuch va bilimlarini kommunizm qurilishi ishiga bag’ishlayotgan ajoyib kishilari bilan shuhrat qozonmoqda.

Sovet hokimiyati yillarida Samarqandda V.V.Bartold, serg’ayrat arxeologik V.L.Vatkin yashadi va mehnat qildi. Professorlardan A.M.Titov, S.A.Lyaskovskiy, N.A.Mirkulovich, Silixonovich, Parfenovich, Faktorovich, Po’lat Soliyev, Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa’diy, Otajon Hoshim, Mironov, Uspenskiy, Savelyev va boshqa ko’pgina kishilar shaharning ma’naviy hayotini rivojlantirishga o’zlarining salmoqli hissasalarini qo’shdilar.

Sovet badiiy adabiyotining klassiklari Hamza Hakimzoda Niyoziy, Sadriddin Ayniy, Hamid Olimjonlar ham Samarqandda ko’p yil yashab ijod qildilar. O’zbek sovet adabiyotining atoqli arboblari Uyg’un, Mirtemir, Oydin Sobirova, Amir Umariy, Usmon Nosir, Ra’no Uzoqova va boshqa ko’pgina adiblar bu yerda kamolotga yetishdi.

Biz Sovet hokimiyati uchun kurashgan samarqandliklar, Ulug’ Vatan urushi qahramonlari, o’zlarining ijodiy mehnatlari orqali kommunizmning nurli binosini qurishdek umumxalq ishiga hissa qo’shayotgan kishilar bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Samarqand o’zining ko’p asrlik yubileyini gullab barq urib, yashinayotgan bir paytda kutib oldi. Kommunistik partiya va Sovet hukumatining tinmay qilayotgan g’amxo’rligi va e’tibori tufayli shahar kun sayin o’sib, go’zallashib bormoqda, ulug’ va jonajon sotsialistik Vatanimizning yanada chiroyli va obod shahriga aylanmoqda.

Samarqand territoriyasida odamzod hayotining eng qadimgi izlari

Quldorlik jamiyati davrida Samarqand. Shaharning vujudga kelishi

Qadimiy Samarqandni suv bilan ta’minlash

So’g’d va uning poytaxti Samarqand

Makedoniyalik Iskandarning O’rta Osiyoni zabt etish davrida Samarqand va So’g’dning mustaqillik uchun olib borgan kurashi

Arxitektura, san’at, din

Ilk feodalizm davrida Samarqand. Ijtimoiy va siyosiy vaziyat

Shaharning arab istilochilari tomonidan zabt etilishi

Samarqand – xalifalikka qarshi olib borilgan ozodlik urushining markazi

Somoniylarning yuksalishida Samarqandning roli.

Ilk o’rta asrlarda Samarqandning suv bilan ta’minlanishi

Din, madaniyat va san’at

Feodalizm rivojlangan davrda Samarqand. IX asrning oxiri va XIII asrning boshlarida Samarqand

Chingizxonning shaharni zabt etishi

Sarbadorlar qo’zg’oloni

XIV asr oxiri va XIII asrning boshlarida Samarqand

Chingizxonning shaharni zabt etishi

Sarbadorlar qo’zg’oloni

XIV asr oxiri va XV asrda Samarqand. Samarqand – Temuriylar davrining poytaxti

Samarqandning G’arbiy Yevropa davlatlari bilan tashqi siyosat sohasidagi aloqalari

Hunarmandchilik va savdo

Samarqand – XIV-XV asrlar Movarounnahrda ilmiy tafakkurning markazi

Adabiy hayot

XIV asr oxiri va XV asr arxitekturasi

XVI asr – XIX asrning birinchi yarmida Samarqand. Shayboniylar Samarqandda

XVII-XIX asrning birinchi yarmida Samarqandning siyosiy tarixi

XVI asrda hunarmandchilik va savdo

XVII asrda va XIX asrning birinchi yarmida hunarmandchilik va savdo

Shaharning suv bilan ta’minlanishi

Fan, madaniyat, san’at, arxitektura

Mustamlaka davrida Samarqand. Samarqandni qo’shib olish oqibatlari

Birinchi rus revolyutsiyasi yillarida (1905-1907) Samarqanddaa revolyutsion harakat

Reaktsiya va yangi revolyutsion ko’tarilish (1907-1914 yillar) davrida siyosiy hayot

Madaniy hayot

Birinchi jahon imperialistik urushi yillarida Samarqand

Fevral burjua-demokraik revolyutsiyasi davrida Samarqand

Samarqand Vatan va jahon fanida

Samarqandda Sovet hokimiyatining o’rnatilishi va mustahkamlanishi (1917-1918 yillar). Samarqandda Sovet hokimiyatining g’alabasi

Shaharda Sovet hokimiyatining mustahkamlanishi

Samarqand chet el harbiy intervensiyasi va grajdanlar urushi davrida. Samarqand mehnatkashlarining Turkistonda harbiy intervensiya va ichki kontrrevolyutsiyani tor-mor qilishda qo’shgan hissasi

Sovet va xo’jalik qurilishi

Samarqand mehnatkashlari xalq xo’jaligini tiklash uchun kurashda  (1921-1927 yillar). Yangi iqtisodiy siyosatga o’tish

Shahar sanoatining tiklanishi

Sotsialistik madaniyatning barpo etilishi

Shahar xo’jaligi va mehnatkashlarining moddiy ahvoli

Samarqand – O’zbekiston SSRning birinchi poytaxti

Samarqand sotsializmning iqtisodiy poydevorini qurish yillarida (1928-1932 yillar) Samarqand mehnatkashlarining sanoatni rivojlantirish uchun kurashi

Partiya-sovet apparatini qayta qurishda Samarqand bolsheviklarining roli

Shahar mehnatkashlarining qishloqni sotsialistik qayta qurish uchun kurashi

Madaniy qurilish

Shahar xo’jaligining rivojlanishi va mehnatkashlar moddiy ahvolining yaxshilanishi

Samarqand mehnatkashlari sotsialistik jamiyatni qurish va rivojlantirish uchun kurashda (1933-1941 yillar). Samarqand sanoatining rivojlanishi

Qishloq xo’jaligining taraqqiy etishida Samarqand mehnatkashlarining roli

Madaniy qurilishni avj oldirishda Samarqandning roli

Shahar xo’jaligining yanada rivojlantirilishi va Samarqand mehnatkashlari moddiy ahvolining yaxshilanganligi

Samarqand Ulug’ Vatan urushi yillarida (1941-1945 yillar). Qizil Armiya uchun rezervlar tayyorlash va aholini harbiy ishga o’rgatish

Ulug’ Vatan urushi yillarida Samarqand sanoati

Samarqand ziyolilarining dushmanga qarshi kurashi – umumxalq ishiga qo’shgan hissasi

Ulug’ Vatan urushi yillarida Samarqandda xalq maorifi

Samarqand mehnatkashlarining Sovet Armiyasi jangchilariga va ko’chirib keltirilgan aholiga g’amxo’rligi

Mamlakatning ozod qilingan rayonlariga Samarqand oblasti mehnatkashlarining qardoshlik yordami

Samarqand kommunizmning moddiy-texnika bazasini yaratish davrida. Samarqandning sanoat taraqqiyoti va kommunistik mehnat uchun kurashi

Shahar bilan qishloq mehnatkashlari ittifoqi

Fan, madaniyat va san’at

O’zbekistonda markscha-lenincha filosofiyani propaganda qilishda samarqandlik olimlarning roli

Samarqand shahridagi me’morlik obidalarini qo’riqlash, o’rganish va tiklash ishlari

Shahar xo’jaligi va mehnatkashlari uy-joy – turmushi sharoitining yaxshilanishi

Xalq turmushi

Samarqand-respublikaning yirik sanoat markazi va uning rivojlanish istiqbollari

Samarqand oblastining qishloq xo’jaligi

Sovet O’zbekistonining xalqaro aloqalarida Samarqandning ahamiyati

Temuriylar davri san’atiga bag’ishlangan Xalqaro simpozium