Mustahkamlik

Mustahkamlik, pishiqlik tor ma’noda — materiallar (metall, yog’och, temir-beton va b.)ning tashqi kuch ta’si- rida emirilishga chidamlilik xususiyati; ken g ma’noda — materiallarning ham emirilishga, ham shaklini o’zgartirishga (plastik deformasiya, ya’ni qaytmas shakl o’zgarishiga) qarshilik qilish xos- sasi. Materi-alning ham tashqi kuch, ham ichki kuch ta’sirida («o’z-o’zidan») emiri- lishga chidamliligi pishiqlik deb atala- Di. Pishiklik M.ni ham o’z ichiga oladi. M. jismni tashkil qiladigan atomlar, molekulalar va ionlarning o’zaro ta’- sirlashuv kuchlariga (bu kuchlarning kat- takichikligiga) bog’liq bo’ladi. M. faqat materialning o’ziga emas, balki uning qanchalik zo’riqqanligi (cho’zilganligi, qisilganligi, egilganligi va b.)ga, materialdan foydalanish sha- ro-iti [tra, kuch ta’sir etish tezligi va takrorlanish (tsikllari) soni, atrof muhitning ta’siri va b.]ga xam bog’liq bo’ladi. Yuqorida aytib o’tilgan omillarning qaysi biri mavjudligiga qarab, M. pi- shiklik chegarasi, oquvchanlik chegarasi, toliqish chegarasi va b. o’lchovlar b-n ifodalanadi. Materiallarning M.gi che- garalari qiymati davlat standartlarida belgilab qo’yiladi. M. shu qiymatga et- ganda materialdan foydalanish xavfli hisoblanadi. Materiallarning M. che- garasi N/m2 (ya’ni muayyan yuzaga ta’sir qiladigan kuch) b-n o’lchanadi. Materiallarning M.gini oshirish juda muhim tadbir qisoblanadi. Buning uchun materialga termik (issiqlik) yoki mexanik ishlov beriladi, qotishmalarga legirlovchi qo’shimchalar qo’shiladi (q. Legirlash), material radioaktiv mod- dalar b-n nurlantiriladi, armaturalar va b. mustahkamlovchi elementlar b-n ku- chaytiriladi (mas, temir-beton materi- allarda beton ichiga temir armaturalar qo’yib ketiladi). Materiallarning M.gi masalalari b-n materiallar qarshiligi fani shu- g’ullanadi. Bironbir materialni mu- ayyan bir maqsadda ishlatish uchun (mas, mashina detallari yasash, imorat qurish, relelar tayyorlash va b.) u M.ka sinab ko’riladi (q. Materiallarni sinash). Buning uchun turli usullar, asboblar, mashinalar, stendlar, xisobkitoblar, formulalardan foydalaniladi. Si- nash natijalari davlat standartlari ko’rsatkichlariga, albatta, mos kelishi shart.