MUTAASSIBLIK
MUTAASSIBLIK (lot) — diniy e‘tiqodlarga, xurofotga yoki biror nazariy qarashlarga qattiq yopishib olib, boshqa har qanday qarashlarni rad etish, o’ta ketgan mutaassiblik, johillikdir. Bu yo’lga kirgan, yondashgan odam fanatligi, o’ta ketgan qaysarligi oqibatida bilimsizlikdan jaholat botqog’iga botib boradi. Buning subyektiv manbalari bo’lib ijtimoiy hayot islohotlarining tadrijiy rivojlanish tadbirlari, konservativ kuchlar tomonidan inkor etilishi va ulardagi saviyaning turli darajada ekanligi hisoblanadi.