YEVROPA PARLAMENTI

YEVROPA PARLAMENTI — Yevropa Ittifoqi muassasalaridan biri. Uni Yevropa Ittifoqiga a‘zo mamlakatlar fuqarolari to’g’ridan-to’g’ri saylovlar orqali 5 yil muddatga saylaydi. Bunda davlatlarning aholi soni va Ittifoq doirasidagi ulushi hisobga olinadi (masalan, Germaniya 99 mandatga, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya – 87 tadan, Ispaniya – 64 va h.k. mandatga ega). Yevropa Parlamentining har oyda bo’ladigan sessiyalari Strasburg (Fransiya)da, favqulodda majlislari – Bryussel (Belgiya)da o’tadi. Bu shaharlarda Yevropa Parlamenti qo’mitalari ishlaydi. Kotibiyati Lyuksemburg shahrida joylashgan.